“Oppenhaymer” tarixdagi eng yuqori daromad keltirgan biografik filmga aylandi

E’lon qilingan sana· 134
“Oppenhaymer” tarixdagi eng yuqori daromad keltirgan biografik filmga aylandi

Rejissyor Kristofer Nolanning “Oppenhaymer” filmi o‘tgan hafta yakunlariga ko‘ra ijaradan 912,7 million dollar daromad topdi. Shunday qilib, film “Queen” guruhi haqida suratga olingan “Bogema Rapsodiyasi"ni quvib o‘tib, tarixdagi eng yuqori daromad topgan biografik filmga aylandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, filmning butun dunyo bo‘ylab kassa daromadi 15−17 sentyabr kunlari 912,7 million dollarga yetgan. Bundan oldin biofilmlar orasida Brayan Singerning 2018-yilda 910,8 million dollar ishlab topgan “Queen” guruhi haqidagi “Bogemiya Rapsodiyasi” filmi yetakchilik qilgan.

“Oppenhaymer"ning kassasi Kristofer Nolan faoliyatidagi uchinchi eng yaxshi natija hisoblanadi. Film 1 milliard dollardan ko‘proq daromad keltirgan “Qora ritsar” va “Qora ritsar: afsonaning qayta tirilishi” kabi ikkita Betmen filmidan keyin uchinchi o‘rinda turadi.

“Oppenhaymer” filmiga taqrizni ushbu havola orqali o‘qishingiz mumkin.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ