“Haqiqat TV” qisqa metrajli filmi 48HFR festivalida eng yaxshi komediya deb topildi

E’lon qilingan sana· 562
“Haqiqat TV” qisqa metrajli filmi 48HFR festivalida eng yaxshi komediya deb topildi

AQSHning Qozog‘istondagi diplomatik missiyasi tomonidan tashkil etilgan 48 Hour Film Race festivalida o‘zbekistonlik ijodkorlar tomonidan ishlangan “Haqiqat TV” qisqa metrajli filmi “eng yaxshi komediya” deb topildi.

48 Hour Film Race — ishtirokchilar 48 soat ichida ishlangan qisqa metrajli filmi bilan qatnashuvchi xalqaro festival.

Festivalda Markaziy Osiyo kinoijodkorlari qatnashdi. Hakamlar hay’atining yakuniy qaroriga ko‘ra, Focusfilm prodakshni tomonidan ishlangan jurnalist va blogerlar haqidagi “Haqiqat TV” qisqa metrajli filmi “eng yaxshi komediya” deb topildi.

“Haqiqat TV” rejissyorlari Feruz Bahodirov va Umarjon Jumayev hisoblanadi, ssenariy muallifi ham Jumayevning o‘zi. 4 daqiqali filmda rollarni Sevinch Dalaboyeva va Mahliyo Asqaraliyeva ijro etgan.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ