Anons

Yevropa kinofestivali

E’lon qilingan sana· 106
Yevropa kinofestivali

Toshkent va Buxoroda Yevropa kinofestivali boʻlib oʻtadi. Festival “Ipak yo‘li gavhari” Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida tashkillashtiriladi.

Festival dasturidan Avstriya, Belgiya, Xorvatiya, Estoniya, Finlyandiya, Fransiya, Germaniya, Vengriya, Italiya, Malta, Portugaliya, Ruminiya, Sloveniya, Ispaniya, Ukraina kabi Yevropa davlatlarida suratga olingan 15 ta film o‘rin olgan.

Filmlar tomoshabinlarga turli kinematografiya tajribasini taqdim etadi va komediya va dramadan tortib animatsiya va hujjatli filmgacha turli janrlarni qamrab oladi. Bu filmlar atrof-muhit ofatlari, qarilik va yolg‘izlik muammolari, ota-bola o‘rtasidagi murakkab munosabatlar, ota-onadan ajralish, madaniy tafovut, ijtimoiy tazyiqlar, inson qalbining qorong‘u tomonlari kabi chuqur mavzularni olib chiqadi.

Ko’rgazmalar bo’lib o’tadi:

Toshkentda:

  • 1−3-oktabr — “Yulduz” kinoteatri (sobiq Premier Hall kinoteatri);

Buxoroda:

  • 3−5-oktabr — “Buxoro” kinoteatri.

Filmlar asl tilda o‘zbek yoki rus tillarida subtitrlar bilan namoyish etiladi.

Kirish bepul.

  • Sana
    1dan 5-oktabrgacha
    Joy
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2023 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ