Hafta kinopremyeralari: 5-oktabr

E’lon qilingan sana· 223
Hafta kinopremyeralari: 5-oktabr

5-oktabr kuni butun mamlakat kinoteatrlarida bir qator filmlar premyeralari boshlandi.

“Пила 10”

Jon Kramer saratondan davolanishga umid qilib, eksperimental operatsiya uchun Meksikaga boradi, ammo natijada u bu shunchaki firibgarlik va umidsiz bemorlarni aldash ekanligini bilib qoladi. Keyin u o’z uslubida — oqilona, shafqatsiz tuzoqlar yordamida firibgarlarni jazolashga qaror qiladi.

Seanslar jadvali.


“Дурные деньги”

Pul dunyoni boshqaradi deyishadi. Uoll-strit esa pulni nazorat qiladi. Va agar eng yuqoridagilar video o’yinlar sotiladigan do’konlar tarmog’i bankrot bo’lishi kerak deb qaror qilishsa, buning uchun bankdan kredit olish mumkin. Ammo bir kuni oddiy odamlar bunga “yo'q” deyishdi va dunyo birjalariga jang e’lon qilishdi. Geymerlar, TikTokerlar, uy bekalari va kichik investorlar aksiyalarni sotib olishni boshlashdi va Uoll-stritni “buzishdi”, yo’l-yo'lakay pul ham ishlashdi.

Seanslar jadvali.


“Школа магических зверей. Тайна подземелья”

Sehrli hayvonlar maktabi o’zining yubileyiga tayyorgarlik ko’rmoqda. Bolalar va ularning gapiradigan sehrli jonzotlari juda band. Ayni paytda maktabda g’alati voqealar yuz bermoqda. Har kecha hovlida sirli tunnellar paydo bo’ladi. Do’stlar o’zlarining sehrli uy hayvonlari bilan birga yer ostida qanday sir yashiringanini aniqlashlari kerak va bu sarguzashtlar xatarlarga to’la sayohatga aylanadi.

Seanslar jadvali.


“Сестра, действуй!”

Besh nafar umidsiz rohiba qariyalar uyini ta’mirlash uchun velosiped poygasida pul mukofotini qo’lga kiritishga urinishmoqchi. Ammo bitta muammo bor — ularning hech biri velosiped haydashni bilmaydi.

Seanslar jadvali.


“Я богиня”

Sodda maktab o‘qituvchisi Lena birdan ishidan ham, eridan ham ayriladi. “Muammo, albatta, menda”, deb qaror qiladi va do‘stining maslahatiga ko‘ra, “Я богиня” treningida qatnashish uchun yoziladi. Natija: yangi obraz va Andrey ismli mehribon muxlis. Ammo Lena o’zini topa oldimi yoki yo’qmi, bu jarayon davomida muhim yo’qotishga duch keldimi, bunisi noma’lum.

Seanslar jadvali.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ