“Yasha xotin”: “Yor-yor” ko’rsatuvi prototip qilingan kino

E’lon qilingan sana· 407
“Yasha xotin”: “Yor-yor” ko’rsatuvi prototip qilingan kino

“Ipak yo'li durdonasi” XV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida Matyoqub Matchonov rejissyorligidagi “Yasha xotin” nomli kino komediya premyera qilindi. Afisha.uz muxbirlari o’nlab taniqli aktyor va aktrisalar rol ijro etgan film premyerasidan reportaj tayyorladi. 

Film rejissyori, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Matyoqub Matchonovning aytishicha, kino ayollarga bag’ishlangan.

“Suratga olish jarayonlari 4 oy davom etdi va asosan, Toshkent va Samarqand shaharlarida syomka qilindi. Bu film ayollarni e’zozlash, qadrlash haqida. Xotin-qizlar, singillarimizga bag’ishlangan kinoni komediya janrida olishga qaror qildik. Ko’ramiz endi tomoshabinlar nima derkin? Ularning fikri muhim baribir”, — dedi Matyoqub Matchonov.

Kinoda suratga tushgan aktrisa, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Saida Rametovaning ta’kidlashicha, “Yasha xotin"dagi har bir qahramon ham kuldiradi, ham o’z dardi bilan odamni o’ylantiradi.

“Film juda boshqacha chiqdi. “Mahallada duv-duv gap”, “Maftuningman” kabi milliy kinolarimizga o’xshatdim. Chunki u paytda ham rejissyorlar xalq yaxshi ko’rgan san’atkorlardan foydalanishgan. Ushbu kinoda ham elimiz sevgan ijodkorlar suratga tushdi. Bosh rolni qozog’istonlik aktrisa o’ynadi. U bizning ijroga, biz esa uning mahoratiga qoyil qoldik. “Yasha xotin"dagi har bitta qahramonning o’z dardi, aytadigan gapi bor”, — dedi aktrisa.

Filmda bosh rolni qozog’istonlik aktrisa Venera Nigmatulina ijro etgan. Bundan tashqari, O’zbekiston xalq artisti Muqaddas Xoliqova, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artistlar Matyoqub Matchonov, Tohir Saidov, Ra’no Yarasheva, Saida Rametova, aktyorlar Husan Musaboyev, Rihsitilla Abdullayev, Said Muxtorov, aktrisalar Barno Qodirova, Zuhra Soliyeva, Muborak Abdullayeva, Shahzoda Matchonova, “Dizayn” jamoasi a’zolari va boshqalar suratga tushgan.

Mirolim Isajonov
Muallif
Mirolim Isajonov
Azizbek Xamrakulov
Fotosuratchi
Azizbek Xamrakulov
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ