Kinotanqidchi Anton Dolin o'zbekistonlik Shokir Holiqov filmini Markaziy Osiyoning Top-5 ta kartinalar ro'yxatiga kiritdi

E’lon qilingan sana· 251
Kinotanqidchi Anton Dolin o'zbekistonlik Shokir Holiqov filmini Markaziy Osiyoning Top-5 ta kartinalar ro'yxatiga kiritdi

Qirg‘izistonning Chon-Kemin qo‘riqxonasida ilk bor bir haftalik “Post Space” kinolageri o‘tkazildi. Tashkilotchilar Markaziy Osiyoning bir qancha davlatlaridan prodyuserlar, rejissyorlar, ssenariynavislar va aktyorlarni to‘pladi: bir hafta davomida ular bir-birlarining filmlarini (jumladan, tugallanmaganlarini) tomosha qilishdi va ularni butun dunyodan festival selektorlari va ekspertlariga namoyish qilishdi.

“Meduza” nashri kino tanqidchisi Anton Dolin Markaziy Osiyo mamlakatlari yosh rejissyorlarining tomosha qilishga arziydigan beshta filmi haqida yozdi. Ular orasida o‘zbekistonlik rejissyor Shokir Holiqovning “Yakshanba” filmi ham bor.

Afisha.uz Dolinning o‘zbek rejissyori ishi haqidagi fikrlarini o‘zbek tilida taqdim etadi.

“Yakshanba”

Qozog‘iston va Qirg‘iziston yosh kinoijodkorlari milliy an’analarni zamonaviy kontekstga olib o‘tayotgan, ularga qarshi keskin norozilik bildirayotgan paytda, o‘zbekistonlik debyutant Shokir Holiqov oila g‘oyasi osoyishtalik bilan yo‘qolib borayotgan keksalarning o‘tmishga o‘tishi xronikasini og‘riqli qayg‘u bilan to‘ldiradi. Uning “Yakshanba"sidagi barcha qahramonlar “yaxshi bo‘lishini"ni xohlaydi, lekin avlodlar orasidagi uzilish muqarrar ravishda fojiaga olib keladi va bu uzoq, statik, ajoyib darajada chiroyli kadrlarda namoyish etilgan. Shu bilan birga, filmda sharqona ekzotizm yoki qadimiy turmush tarziga keskin qaytish uchramaydi.

Yasudziro Ozuning “Tokio ertagi” yoki Chexovning “Gilos bog‘i” mavzusidagi ushbu variatsiyada ziddiyat keksa er-xotinning an’anaviy hayoti va XXI asrning texnologik qurilmalari o’rtasidagi bema’ni va ba’zan hayratlanarli kontrastlar ko‘rsatilgan. Xuddi shu keksalar ikki yoki besh yuz yil oldin uy xo‘jaliklarini xuddi shunday boshqargan — lekin vaqti-vaqti bilan kadrda tekis ekranli televizor yoki smartfon paydo bo‘ladi.

“Yakshanba” ikki oyga cho‘zilgan yetti kunni o‘z ichiga olgan: dushanbadan keyin seshanba keladi, lekin keyingi haftaniki, undan keyin esa haftaning chorshanbasi keladi va shu tarzda davom etaveradi. Bu hayot tarzining o‘zgarmasligini ifodalaydi va bir vaqtning o‘zida takrorlangan hodisalarni bir nechta ifodali sahnalarga jamlaydi.

Bosh qahramonlar — keksa er-xotin. Ularning o‘z uyi va juda katta xo‘jaligi bor: qo‘y podasi, qovunzor, yozning issiq kechalarida ochiq havoda uxlaydigan katta hovli. G‘azabdor va obro‘li bobo hayvonlarga qaraydi, itoatkor xotin esa uy ishlari bilan shug‘ullanadi. Ular an’anaviy hunarmandchilik orqali daromad topishadi — qadimiy texnologiyadan foydalanib, qo‘ylarining junidan gilam to‘qishadi. Albatta, oilada patriarxat tizimi hukm suradi: er kechqurun hordiq uchun yotganida, uning rafiqasi televizor kanallarini aylantirishi kerak, toki u beparvolik bilan to’xtashni buyurmagunicha.

Er-xotinning ikkita voyaga yetgan o‘g‘li bor. Kenjasi ulardan alohida chiqib ketgan, u bilan faqat telefon orqali gaplashishadi. Har suhbatdan keyin ota-onaning hafsalasi pir bo‘ladi: u qaytib, otasining uyida turmush qurib, shu yerda yashamoqchiligini aytadi, lekin eski taxta uyni buzib, o‘rniga yangi g‘isht qurish sharti bilan.

To‘ng‘ich farzand esa, aksincha, uyga va ota-onaga g‘amxo‘rlik qiladi, lekin ba’zi dilxiraliklar bo‘lib turadi. Avvaliga ruhsatsiz eski pechkani avtomatik yonadigan yangisiga almashtiradi, keyin televizor, muzlatgich, mashina sotib oladi. Pochtachi nafaqa o‘rniga bank kartalarini olib keladi, bu esa qariyalarni yeb bitiradi. Qo‘rqinchli ertakdagidek haqiqiy voqelik ularning ko‘z o‘ngida o’zgara boshlaydi, asl reallikdan ularni quvib, uni yanada qo‘rqinchli, begona va adovatli qilib qo‘yadi.

Shu yilning yozida Shanxay kinofestivali hakamlar hay’ati Holiqovga “Yangi Osiyo iste’dodi” mukofotini topshirdi. Rejissyor uslubining yetukligi, juda yosh muallifning ikki qariyaning hayotini aks ettirishdagi psixologik aniqligi haqiqatdan ham hayratga soladi. Zamonaviylik bilan muqarrar ziddiyatda so‘zsiz ularning o‘rniga o‘zini qo‘yib ko‘rolgan.

Bundan tashqari, kinotanqidchi ro‘yxatga Qirg‘izistonning “Похищение невесты”, Mongoliyaning “Город ветра”, Qozog‘istonning “Бауырына салу” va “Каш” filmlarini kiritgan.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ