Taxmin qilib bo'lmas yakunga ega filmlar TOP 10 taligi

E’lon qilingan sana· 982
Taxmin qilib bo'lmas yakunga ega filmlar TOP 10 taligi

Shunday filmlar borki, ularning yakuni biz o’ylamagan darajada murakkab yoki taxmin qilib bo’lmaydigan ravishdagi voqealar rivojiga ega bo’ladi. Biz bunday filmlarni aynan shu jihati uchun ham yoqtiramiz. Bugun Afisha.uz sizlar uchun aynan ana shunday filmlar TOP-10 taligini taqdim etadi.

Адвокат дьявола (Shaytonning advokati)

The Devil’s Advocate

  • Suratga olingan yil: 1997
  • Janr: triller, fentezi, drama, detektiv
  • Rejissyor: Teylor Xekford
  • Kinopoisk: 8,2

Bir kuni advokat Kevin Lomaks Nyu-Yorkka yirik yuridik firmada ishlash uchun taklif qilinadi. Uning boshlig’i, garchi uning barcha mijozlari jinoyatchi va gunohkor bo’lishsa-da birorta ham sudda yutqazmagan. Xotini bilan katta shaharga kelgan Kevin barcha orzulari ushalayotganining guvohi bo’ladi. Ammo vaqt o’tishi bilan Kevin atrofida g’alati voqealar sodir bo’layotganini payqaydi va kompaniya rahbari esa aslida o’zi aytganidek inson bo’lib chiqmaydi. Kevin endi muvaffaqiyat uchun haq to’lashi kerak…

Подозрительные лица (Shubhali kimsalar)

The Usual Suspects

  • Suratga olingan yil: 1995
  • Janr: triller, drama, kriminal, detektiv
  • Rejissyor: Brayan Singer
  • Kinopoisk: 7,8

Nyu-Yorkda yuk mashinasi o’g’irlab ketilganidan keyin politsiya besh gumonlanuvchini so’roq qilish uchun hibsga oldi. Ular banditlar, lekin bu jinoyatda hech kim aybdor emas. Keyinchalik jinoyatchilar xalqaro jinoyat boshlig’i Kayzer Soza ularni katta ish uchun birlashtirishni rejalashtirayotganini bilib qolishadi.

Остров проклятых (La'natlangan orol)

Shutter Island

  • Suratga olingan yil: 2009
  • Janr: triller, detektiv, drama
  • Rejissyor: Martin Skorseze
  • Kinopoisk: 8,5

1954-yilю Sud ijrochisi Teddi Daniels jinoyot sodir etgan aqldan ozgan kishilar kasalxonasidan qochib ketgan qotil ayolning g’oyib bo’lishini o’rganmoqda. Qochqinni qidirish uchun Daniels uzoqdagi “Shatter oroli"ga boradi. Tergov davomida u yolg’onlar to’riga, bo’ronga va klinika aholisining halokatli g’alayoniga duch keladi.

Время (Vaqt)

Old

  • Suratga olingan yil: 2021
  • Janr: triller, drama, fantastika
  • Rejissyor: Nayt Shyamalan
  • Kinopoisk: 6,4

Tropik orolga ta’tilga kelgan ikki farzandli oila mehmonxona menejerining maslahatiga amal qilib, go’zal plyajga tashrif buyurishga qaror qiladi. Ulardan tashqari, plyajda boshqa mehmonlar ham bor: kichkina qizi bo’lgan oila, o’rta yoshli er-xotin va mashhur reper. Ammo tez orada ular sohildan jasad topib oladi, bolalarning birdan juda tez o’sishni boshlaganini payqagach, hammada vahima paydo bo’ladi.

Семь (Yetti)

Se7en

  • Suratga olingan yil: 1995
  • Janr: triller, drama, kriminal, detektiv
  • Rejissyor: Devid Fincher
  • Kinopoisk: 8,3

O’limga olib keladigan yettita gunoh asosida o’z qurbonlarini tanlab keladigan seriyali manyakning shov-shuvli qotilliklarini tergov qilayotgan ikki detektiv haqidagi film.

Престиж

Prestige

  • Suratga olingan yil: 2006
  • Janr: triller, fantastika, drama, detektiv
  • Rejissyor: Kristofer Nolan
  • Kinopoisk: 8,5

Voqealar XIX asr oxirida Londonda bo’lib o’tadi. Robert va Alfred ikki do’st, ikkalasi ham illyuzionist. Bir kuni ularning do’stligi tugaydi: Robertning sevimli rafiqasi namoyishda vafot etadi va g’azablangan er hamma narsada do’stini ayblaydi. Shu paytdan boshlab ularning yo’llari ajraladi. Keyinchalik, Alfred g’ayrioddiy fokus o’ylab topadi va eng mashhur illyuzionistga aylanadi. Shu paytdan boshlab Robert har qanday holatda ham sobiq do’stining sirini ochishni maqsad qiladi.

Бойцовский клуб (Jang klubi)

Fight Club

  • Suratga olingan yil: 1999
  • Janr: triller, drama, kriminal
  • Rejissyor: Devid Fincher
  • Kinopoisk: 8,7

Uyqusizlikdan aziyat chekayotgan ofis xodimining zerikarli va bir xil hayoti ish safaridan keyin o’z yo’nalishini keskin o’zgartiradi. Samolyotda u o’zining hayotiy tamoyillarini u bilan baham ko’radigan yorqin va energiyaga to’la Tayler Dyordenni uchratadi. U Tayler bilan birga birinchi jang klubiga asos soladi. Qahramon bu loyihaning bunchalik keng ko’lamli bo’lishini xayoliga ham sig’dira olmagan edi. “Do‘sti” Dyordenning nima qilmoqchiligini anglab yetgach, u hayratda qoladi.

Исчезнувшая (Yo'qolgan ayol)

Gone Girl

  • Suratga olingan yil: 2014
  • Janr: detektiv, drama, triller
  • Rejissyor: Devid Fincher
  • Kinopoisk: 8,0

Nik va Emi Nyu-Yorkdan provinsiyaning kichik shaharchasiga ko’chib ketishadi. To’ylarining besh yilligida Emi sirli ravishda g’oyib bo’ladi. Politsiya, Emining qarindoshlari va jamoatchilik Nik qizni o’ldirgan va jasadni yashirgan deb hisoblashadi. Biroq, Nik xotinining g’oyib bo’lishida o’zining aybsizligini ta’kidlaydi. Aslida nima bo’lgan va Emi qayerda?

Посылка

The Box

  • Suratga olingan yil: 2009
  • Janr: triller, drama, detektiv
  • Rejissyor: Richard Kelli
  • Kinopoisk: 6,1

Notanish kishi yosh oilaga boyib ketishning noodatiy usulini taklif qiladi. U ularga ichida tugmasi bor bir qutini sovg’a qiladi: ular tugmani bosishsa dunyoning qayeridadir bir kishi halok bo’ladi va ular buning uchun 1 million dollarga ega bo’lishadi. Tanlov oqibatlari haqidagi qiziqarli syujetga ega fantastik triller.

Отступники (Murtadlar)

The Departed

  • Suratga olingan yil: 2006
  • Janr: triller, drama, kriminal
  • Rejissyor: Martin Skorseze
  • Kinopoisk: 8,5

Politsiya akademiyasining ikki eng yaxshi bitiruvchisi o’qishdan so’ng ikki qarama-qarshi tomonga ajralishadi. Billi ismli politsiyachi Irlandiya mafiyasi safiga kirib oladi. U mafiya boshlig’ining hurmatiga sazovor bo’layotgan paytda, mafiya agenti Kolin politsiya safiga kirib oladi. Ularning ikkalasi ham ma’lumot beruvchiga aylanadi, lekin mafiya ham, politsiya ham ular orasida “sotqin” borligini anglab yetgach, ular tezda o’z saflaridan ularni topishga harakat qilishadi.

Nazarbek Nazarov
Muallif
Nazarbek Nazarov
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ