Rustam Sa'dullayev «Xalq diplomati» ko'krak nishoni bilan taqdirlandi

E’lon qilingan sana· 165
Rustam Sa'dullayev «Xalq diplomati» ko'krak nishoni bilan taqdirlandi

Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan artist, “Doʼstlik” ordeni va “Kinematografiya fidokori” koʼkrak nishoni sohibi, kinoaktyor Rustam Sa’dullayev “Xalq diplomati” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi. Bu haqda Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi matbuot xizmati xabar berdi.

Aktyor Shanxay hamkorlik tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazi tomonidan O’zbekiston va xorijda xalq diplomatiyasiga qo‘shgan hissasi uchun “Xalq diplomati” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Rustam Sa’dullayev 1950-yil 25-iyulda Toshkent shahrida tavallud topgan. Maktabda oʻqish paytida Pionerlar uyining dramachilik toʻgaragiga ham qatnagan. Kinodagi ilk rolini 13 yoshida oʻynagan — “Dorbozlar” filmida Alijon rolini ijro etgan.

1973-yilda “Sevishganlar” filmida Saʼdullayev bilan birga suratga tushgan Rodion Naxapetov “В бой идут одни старики” filmidagi Romeo roliga Rustamni tavsiya qiladi. Leonid Bikov rejissyorligi ostida suratga olingan ushbu harbiy filmda ijro etgan roli bilan Rustam Saʼdullayev butun Sovet Ittifoqiga taniladi.

1975-yilda Rustam Saʼdullayev A.N. Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomchilik institutini tamomlagan va Oʻzbekfilm kinostudiyasi aktyoriga aylangan. Rejissyorlik faoliyatini 1984-yilda u oʻzining ilk “Ostansya” filmida boshlagan.

2001-yilda esa 10 qismdan iborat boʻlgan “Koʻrlar” (“Слепые”) teleserialida bir vaqtning oʻzida rejissyorlik, prodyuserlik, ssenariy muallifi hamda bosh rol ijrochisi vazifasini bajargan. Ushbu serial Saʼdullayev oʻgʻlining sharafiga atalgan xususiy “Ravshan-film” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ