Mettyu Perri suratga tushgan eng yaxshi filmlar va seriallar

E’lon qilingan sana· 1 068
Mettyu Perri suratga tushgan eng yaxshi filmlar va seriallar

28-oktabr kuni “Friends” (“Do'stlar”) seriali yulduzi, amerikalik aktyor va ssenarist Mettyu Perri olamdan ko’z yumdi. Bugun Mettyu Perri suratga tushgan, asosiy rollarni ijro etgan eng yaxshi filmlarni eslaymiz.

Seriallar

“Друзья” (Do'stlar)

Friends

Ushbu afsonaviy serial haqida ko’p gapirish mumkin. Lekin serial (naqd 10 ta mavsumdan iborat) mazmunini qisqaroq tushuntiradigan bo’lsam, olti do’st — Reychel, Monika, Fibi, Joui, Chendler va Ross — bir uyda qo’shni bo’lib yashashadi, birga vaqt o’tkazishadi va sirlarni baham ko’rishadi.

“Do'stlar” serialida Mettyu Perri Chendler Bing obrazini yaratgan va o’z xarizmasi bilan tomoshabinlar yuragidan joy olgan.

“На старт!”

Go On

Mettyu Perri ishtirokidagi yana bir ajoyib serial. “На старт!” serialida o‘z yaqinini yo’qotgan, ammo quvnoq insonlar jamoasida taskin topgan, sport sharhlovchisi haqida hikoya qilinadi.

“Студия 60 на Сансет Стрип”

Studio 60 on the Sunset Strip

“Студия 60” televizion shousini suratga oluvchi xodimlarning kundalik hayoti haqidagi serial. Serial sahna ortida sodir bo’ladigan voqealar, muvaffaqiyatsizliklar, g’alabalar, hamkasblarning bir-biriga o’zaro yordami haqida hikoya qiladi.

Мистер Саншайн

Mr. Sunshine

Serial o’rta yosh inqirozini boshdan kechirayotgan Ben Donovan San-Diegodagi “Sunshine Center” ko’ngilochar markazining narsisistik menejeri haqida so’zlaydi. Bu lavozimda u ko’plab qiyinchiliklarga duch keladi, shuningdek, shaxsiy hayotidagi muammolarni hal qilishga harakat qiladi.

Странная парочка

The Odd Couple

Ikki do’st bir xonadonda yashashga harakat qilishadi, lekin ularning uy-ro'zg'or va turmush tarziga munosabati osmon bilan yercha farq qiladi. “Friends” serialidagi Chendler Bingni sog’inganlar uchun, menimcha, yaxshi serial.

Filmlar

Девять ярдов

The Whole Nine Yards

Stomatolog Nikolas Ozeranskiy tinch va osuda hayot kechirayotgan edi. Ammo yangi qo’shnisi Jimmi Tulip bilan tanishuv uning hayotini o’zgartirib yuboradi. Jimmi professional qotil bo’lib, xo’jayinidan o’n million dollar o’g’irlagan. Nikolasning rafiqasi Sofi esa Jimmini sobiq xo’jayiniga topshirishga qaror qiladi.

Папе снова 17

17 Again

Hayotingizni qaytadan boshlamoqchimisiz? Ikki farzandning otasi Mayk O’Donnell shuni xohlaydi. Va to’satdan u o’z maktabiga, Hayden High`ga qaytish uchun sehrli imkoniyatga ega bo’ladi. Endi Mayk basketbol jamoasining yulduzi, qizlarning yoqimtoyi va beparvo otadan ajoyib do’stga aylangan yosh yigitga aylanadi.

Поспешишь — людей насмешишь

Fools Rush In

Salma Xayek va Mettyu Perri ishtirokidagi ajoyib film. Maftunkor Izabel bilan tanishib qolgan Aleks Uitman bu tanishuv yangi ishqiy munosabatlarning boshlanishiga aylanishini o’ylamagan ham edi. Va Izabel undan farzand kutayotganini e’lon qilgach, Aleks unga uylanishga qaror qiladi. U uni yaxshi tanimaydi, lekin bu uning uchun unchalik muhim emas.

Триумф: История Рона Кларка

The Ron Clark Story

Idealist o’qituvchi Nyu-Yorkdagi mashhur maktabda dars berish uchun qishloqni tark etadi va u yerda o’zining ishtiyoqi va innovatsion usullaridan yangi o’quvchilarini ilhomlantirish uchun foydalanadi. Mettyu Perri bosh rolni ijro etgan yana bir sermazmun film.

Танго втроем

Three to Tango

Ikki arxitektor birinchi loyihasini tasdiqlash uchun kurashmoqda. O‘z maqsadiga erishish uchun hamma narsaga tayyor bo‘lgan ikki raqobatchi o‘z raqiblarini… noan’anaviy jinsiy orientatsiyada ayblashadi. Loyihani moliyalashtirayotgan magnat bunday insonlarni mamnuniyat bilan ishga qabul qiladi, chunki u o’z rafiqasining xavfsizligini ta’minlamoqchi.

Loyihaga qabul qilingach, endi yolg’onni oshkor qilish — hamma narsani yo’qotish bilan barobar. Ammo, agar u qo’riqlashi kerak bo’lgan qizga oshiq bo’lib qolgan bo’lsa, bosh qahramon bu vazifani qanday bajaradi?

Мошенники

Serving Sara

Gordon va Sara Mur oddiy juftliklarga o’xshamaydi. Sara odatiy ingliz ayoli, Gordon esa odatiy texaslik. Ularning birgalikdagi sa’y-harakatlari tufayli chorvachilik ranchosi katta daromad keltirmoqda. Aeroportda eri bilan xayrlashib, Nyu-Yorkka uchayotgan Sara eri unga qanday “syurpriz” tayyorlaganini tasavvur ham qila olmaydi. Uning hayotida yana bir ayol paydo bo’ldi va u ajrashishni xohlaydi…

Девять ярдов 2

The Whole Ten Yards

Beverli-Xillzdagi tish shifokori Nikolas Ozeranskiyning hayotida ko’p narsa sodir bo’ladi. Uning rafiqasi Sintiya homilador, o’zi esa paranoyaga tushib qolgan. Ayni vaqtda vengr mafiyasining yetakchisi Laslo qamoqdan chiqadi va Nikolas undan o‘g‘irlab ketgan pullarni qaytarmoqchi. Maqsadiga erishish uchun hamma narsaga tayyor bo’lgan Laslo hatto homilador Sintiyani ham o’g’irlab ketadi…

Беспомощный

Numb

Ushbu filmda ssenarist Hadson Milbenk haqida hikoya qilinadi. Hadson o’z-o'zini anglash borasida ruhiy o’zgarishlarni (depersonalizatsiya) boshdan kechirmoqda va bundan aziyat chekmoqda. U hatto boshqa odamlar bilan ham til topisha olmay qoladi: yolg‘iz yashaydi, kun bo‘yi televizor ko‘radi. Unga deyarli hech narsa yordam bera olmaydi va faqat qiz unga o’zi his qilmaydigan dunyoda yashash yo’lini ochadi.

Птицы Америки

Birds of America

Juda to’g’ri hayot kechiradigan yigit juda to’g’ri yashaydigan rafiqasi bilan shahardan tashqarida yashaydi, o’qituvchi bo’lib ishlaydi va yangi lavozimga ega bo’lishni xohlaydi. U buni shunchalik xohlaydiki, stress bilan bog’liq muammolar kelib chiqadi. Va keyin u unchalik oddiy bo’lmagan insonlarni uchratib qoladi, shundan keyin hammasi boshlanadi…

Почти герои

Almost Heroes

Mettyu Perrining ashaddiy muxlislari uchun.

1794-yilda AQSh prezidenti nomidan Yovvoyi G’arbga ekspeditsiya boshlanadi. Keyinchalik u Lyuis va Klark ekspeditsiyasi deb nomlanadi. Biroq, bir oz oldin xuddi shu yo’nalish bo’ylab yana bir ekspeditsiya bo’lib o’tganini kamchilik biladi. Bir guruh quvnoq jangchilar va kambag’allar, aql bovar qilmaydigan to’siqlar va dushmanlarining fitnalariga qaramay, Tinch okeanining Amerika qirg’oqlariga va hatto biroz uzoqroqqa yetib borishadi.

Nazarbek Nazarov
Muallif
Nazarbek Nazarov
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ