Leonardo Di Kaprio rol ijro etgan eng yaxshi filmlar

E’lon qilingan sana· 1 012
Leonardo Di Kaprio rol ijro etgan eng yaxshi filmlar

Bugun, 11-noyabr — zamonamizning eng buyuk aktyorlaridan biri Leonardo Di Kaprioning tug’ilgan kuni. Shu munosabat bilan Leonardoning eng yaxshi filmlarini birma-bir sanab o’tamiz.

Uning ijodi, aktyorlik mahorati haqida juda ko’p gapirish mumkin. Lekin keling, yaxshisi tezda uning eng sara rollariga o’tamiz. Boshida u qatnashgan eng zo’r 10 ta filmni tanlamoqchi edik. Ammo uning filmografiyasi ko’zimizni shunchalik qamashtirdiki, biz maqola uchun 20 ta kinoni tanlab oldik. Ishonavering, shunda ham uning boshqa ajoyib rollari ro’yxatga sig’may qoldi.


Титаник (1997)

Titanic

Biz bu ro’yxatni “Titanik” dan boshlashga majburmiz. Bu filmni, ehtimol, hatto unchalik ham kino ko’rishga qiziqmaydigan insonlar ham sevib tomosha qilgan. Va Leonardo o’sha paytlardayoq “Oskar"ga loyiq edi. Ammo uning bu sovrinni qo’lga kiritishi ancha kech yuz berdi.

Jeyms Kemeronning rejissyorlik mahorati esa alohida mavzu.

Mazmun: Ikki kishi hashamatli Titanik kemasining birinchi va so’nggi sayohatida tanishib qolishadi. Pastki palubada yo’lovchi Jek karta o’ynab chipta yutib oladi va badavlat merosxo’r Rouz Amerikaga, rejalashtirilgan nikoh uchun ketmoqda. Yoshlarning his-tuyg'ulari endi gullashni boshlagan edi, hatto sinfiy tafovutlar ham sevishganlarga to’sqinlik qila olmaydi, lekin cho’kmas deb hisoblangan laynerning yo’lida asysberg duch keladi…


Поймай меня, если сможешь (2002)

Catch Me If You Can

Bu filmni nafaqat Di Kaprio uchun, balki Tom Xenks va rejissyor Stiven Spilberg uchun ham ko’rish shart.

Mazmun: Frenk Abegneyl 21 yoshga yetgunga qadar shifokor, advokat va aviakompaniya uchuvchisi bo’lib ishlashga ulgurgan. U mohir firibgar va qalbakilashtirish san’atini puxta egallagan va u soxta cheklar orqali millionlab dollar daromad olgan.

FQB agenti Karl Xenretti Frenkni qo’lga olish va qilmishlari uchun javobgarlikka tortish uchun bor kuchini ishga soladi, ammo Frenk har doim undan bir qadam oldinda…


Начало (2010)

Inception

Qoyilmaqom Kristofer Nolan va ajoyib aktyorlar tarkibi mahsuli. Bu filmni necha bor ko’rsangiz ham, undan o’zingiz oldin payqamagan nimanidir topasiz.

Mazmun: Kobb iste’dodli o’g’ri, ong ostidan ma’lumot qidirib topish san’atining ustasi: u uyqu paytida, inson ongi eng zaif bo’lgan paytda, ong osti tubidan qimmatli sirlarni o’g’irlaydi. Kobbning noyob qobiliyatlari uni bu sohada qimmatli o’yinchiga aylantiradi, ammo u ko’p yillar davomida qochqinda yurishga majbur bo’ladi va u sevgan hamma narsadan mahrum bo’ladi.

Va endi Kobbda xatolarni tuzatish imkoniyati bor. Uning so’nggi ishi hamma narsani qaytarishi mumkin, ammo buning uchun u imkonsiz ishni bajarishi kerak. U bu safar mukammal o’g’irlik o’rniga, ma’lum bir ma’lumotni bir shaxsning ongi ostiga joylashi kerak. Endi ularning vazifasi g’oyani o’g’irlash emas, balki uni yaratishdir. Agar ular muvaffaqiyat qozonsa, bu mukammal jinoyat bo’ladi.

Ammo hech qanday rejalashtirishlar yoki mahorat jamoani har bir harakatini oldindan aytib beradigan xavfli dushmanga qarshi turishga tayyorlay olmaydi. Va u dushmanni faqat Kobb ko’ra oladi.


Отступники (2006)

The Departed

Ko’pchilik tanishlarimning eng sevimli filmlaridan biri. Daho Skorseze, Leonardo, Mett Deymon, Jek Nikolson, Mark Uolberg, Alek Bolduin. Agar bu nomlar sizga hech narsa haqida gapirmasa, demak siz kino olamidan ancha yiroqsiz.

Mazmun: Politsiya akademiyasining eng yaxshi bitiruvchilaridan ikkitasi barrikadaning qarama-qarshi tomonidan joy egallashadi: ulardan biri huquqni muhofaza qilish organlari safidagi mafiya agenti, ikkinchisi mafiya ichiga kirib olgan “shpion”. Har biri dushmanni yaxshiroq o’rganish va yo’q qilishni o’z burchi deb biladi, lekin voqealar rivoji qahramonlarning ichki dunyosini o’zgartirib yuboradi.


Остров проклятых (2009)

Shutter Island

Yana Martin Skorseze va yana Leonardo Di Kaprio. Bu filmning yakuni haqida ko’pchilik haligacha bahslashib keladi. Biz esa film mazmuniga o’tamiz.

Mazmun: Ikki amerikalik sud ijrochisi Massachusets shtatidagi orolga aqldan ozgan jinoyatchilar kasalxonasida bemorning g’oyib bo’lish voqeasini tekshirish uchun yuboriladi. Tergov davomida ular yolg’on to’riga va klinika aholisining halokatli g’alayoniga duch kelishadi.


Волк с Уолл-стрит (2013)

The Wolf of Wall Street

Yana Skorseze. Leonardo va Martinning birga ishlashi har doim muxlislarga shedevrlarni taqdim etgan. Menimcha, bu filmda Leonardoning mahoratlari o’zining eng yuqoriga cho’qqisiga chiqqan desak adashmagan bo’lamiz. Filmda shuningdek, Mettyu Makkonaxi, Margo Robbi, Jona Xill kabi aktyorlarni ko’rishimiz mumkin.

Mazmun: 1987-yil Jordan Belfort muvaffaqiyatli investitsion bankda broker bo’lib ishlay boshlaydi. Dow Jones ko’rsatkichlari to’satdan qulashi oqibatida u ishlayotgan bank tez orada yopiladi. Rafiqasi Terezaning maslahati bilan Jordan kichik aksiyalar bilan shug’ullanadigan kichik korxonaga ishga kiradi. Uning mijozlar bilan doimiy muloqot qilish uslubi va tug’ma xarizmasi tezda o’z mevasini beradi. U qo’shnisi va do’sti, savdogar Donni bilan tanishib qoladi, u darhol Jordan bilan til topishib ketadi. Ular o’z kompaniyasini ochishga qaror qilishadi. Ular Belfortning bir nechta do’stlari va uning otasi Maksni ishchi sifatida yollashadi, kompaniyani Stratton Oakmont deb atashadi. Jordanning hayoti bazm-u ziyofatlardan va giyohvand iste’mol qilishdan iborat bo’lib qoladi. Bir kuni, FQB agenti Belfortning tez boyib ketgani bilan qiziqa boshlaydi…


Авиатор (2004)

The Aviator

Leonardo shu yerda, Martin Skorseze ham shu yerda. Menimcha, boshqa izoh shart emas.

Mazmun: Otasidan kichik zavodni qabul qilib olgan Govard Xyuz uni ulkan, ajoyib daromad keltiradigan korxonaga aylantiradi. U ulkan kinokompaniya egasiga aylanib, o’z davrining eng qimmat filmini suratga oladi va Gollivudning eng go’zal aktrisalari qalbini zabt etadi.

U Las-Vegasdagi eng nufuzli kazinolarga egalik qila boshlaydi va yuqori tezlikdagi parvozlar bo’yicha rekord o’rnatdi, ikkinchi yirik tijorat aviakompaniyasini sotib oladi…

Pullar Xyuzga tinchlik bermaydi va u faqat parvoz qilishga intiladi. Faqat osmonda, bir necha ming metr balandlikda, u chinakamiga baxtli.


Великий Гэтсби (2013)

The Great Gatsby

Frensis Skott Fitsjeraldning yozuvchilik mahorati va Di Kaprio hamda Tobi Maguayrning aktyorlik mahorati mahsuli.

Mazmun: 1922-yil bahorida, urchiyotgan axloqsizlik, yorqin jazz va “noqonuniy alkogol savdosi qirollari” davrida Nik Karrouey O’rta G’arbdan Nyu-Yorkka keladi. O’zining Amerika orzusiga erishib, u sirli, ziyofatni yaxshi ko’radigan millioner Jey Getsbi bilan qo’shni bo’ladi, uning amakivachchasi Deyzi va uning aristokrat eri Tom Byukenen esa ko’rfazning narigi tomonida yashaydi. Nikni boylarning maftunkor dunyosi, ularning illyuziyalari, sevgilari va yolg’onlari o’ziga jalb qiladi. U bu dunyoda sodir bo‘layotgan voqealarga guvoh bo‘lib, hozirgi zamon ko‘zgusi bilan qaraganda imkonsiz ko’ringan muhabbat, mangu orzular va insoniy fojia haqida hikoya qiladi.


Выживший (2015)

The Revenant

Bu o’sha, bugungi maqolamiz qahramoniga nihoyat “Oskar” mukofotini olib kelgan film. Alexandro Gonsales Inyarrituning rejissyorlik mahorati Leoning imkoniyatlari va qobiliyatlarining yangi qirrasini ochdi. Ko’pchilik ayollarning yoqimtoyi Tom Xardi ham shu yerda (u albatta, bu salbiy rolni ijro etgan).

Mazmun: Ovchi Xyu Glass Amerikaning Yovvoyi G’arbining aniqlanmagan kengliklarida jiddiy jarohat oladi. Xyuning yangi yerlarni zabt etish bo’yicha otryadidagi o’rtog’i Jon Fitsjerald xoinlik qilib, uni yolg’iz o’limga mahkum qiladi. Endi Glassning faqat bitta quroli qoldi, bu uning irodasi. U ibtidoiy tabiat, qattiq qish va dushman hindu qabilalari bilan kurashishga tayyor, u endi faqat omon qolishi va Fitsjeralddan qasos olishi kerak.


Джанго освобожденный (2012)

Django Unchained

Bu filmda Leonardo asosiy rolni ijro etmagan deyishingiz mumkin, lekin u ijro etgan rolsiz bu filmni tasavvur qilib bo’lmaydi. Rejissyor Kventin Tarantino o’z repertuarida. Ushbu filmda nafaqat Leonardo Di Kaprio, balki Kristof Valts (ha, ayniqsa u), Jeymi Foks va Semyuel L. Jekson o’z rollarini qoyilmaqon qilib o’ynashgan. Film vestern ixlosmandlariga yoqishi aniq.

Mazmun: Shults ekssentrik xarakterga ega, mahorat ovchi bo’lib, u eng xavfli jinoyatchilarni kuzatib yuradi va otib o’ldiradi. U Django ismli qulni ozod qiladi, chunki u uchta banditni topishga yordam beradi. Django bu yigitlarni bir qarashdayoq taniydi, chunki ular bilan hisoblashish uchun uning o’z sabablari bor.


Не смотрите наверх (2019)

Don’t Look Up

Mazmun: Astronomlar yangi kometani kashf etishadi va uning traektoriyasini hisoblab chiqib, olti oydan keyin u Yer bilan to’qnashishini aniqlashadi, bu esa insoniyat va sayyoradagi barcha jonzotlarning mavjudligiga chek qo’yishi mumkin. Ikki olimning ogohlantirishlariga ishonchsizlik bilan munosabatda bo’lishadi, keyin ular mashhur teleko’rsatuvda chiqish qilishadi, lekin ko’pchilik hali ham tahdidni jiddiy qabul qilmayapti.


Однажды в… Голливуде (2019)

Once Upon a Time in… Hollywood

Tarantino, Bred Pitt, Leo, Margo Robbi… Filmni tomosha qilish uchun shu ta’rifning o’zi yetarli.

Mazmun: 1969-yil, Gollivudning oltin davri tugadi. Mashhur aktyor Rik Dalton va uning dublyori Kliff But kino sanoatining tez o’zgarib borayotgan olamida o’z o’rnini topishga harakat qilmoqda.


Ромео + Джульетта (1996)

Romeo + Juliet

Zamonaviy Romeo va Julyetta…

Mazmun: Verona ulkan megapolisga aylandi, Montekye va Kapulettilar zodagon klanlardan mafiya klanlariga aylanishdi, qilich bilan janglar endi ko’cha otishmalariga aylandi.

Ammo Romeo va Julyetta o’sha-o'sha. Zamon o’zgaradi, odamlar o’zgaradi, hayot o’zgaradi, lekin haqiqiy sevgi abadiydir.


Дорога перемен (2008)

Revolutionary Road

Keyt Uinslett va Leonardo Di Kaprio yana birga.

Mazmun: Film voqealari 50-yillarning o’rtalarida bo’lib o’tadi, bosh qahramonlar kichik provinsiyadagi oila a’zolari. Frenk va Eypril Uiler boshqa oilalardan farqli o’laroq, o’zlarini o’rta sinf oilasi deb bilishadi va Parijga ko’chib o’tishni juda xohlashadi. Biroq, taqdir ular uchun bir qator yoqimsiz kutilmagan hodisalar tayyorlab qo’ygan…


Банды Нью-Йорка (2002)

Gangs of New York

Bu safar Leo bilan bir filmda bir qator mahoratli aktyorlar rol ijro etishgan: Deniel Dey-Lyuis, Kemeron Diaz, Liam Nison, Brendan Glison… Sal qolsa esdan chiqardi, filmga Martin Skorsezening o’zi rejissyorlik qilgan.

Mazmun: Nyu-York, 1863-yil. Amerika orzusidagi shaharning yovvoyi xarobalarida faqat bitta qonun amal qiladi, u ham bo’lsa kuchlilar qonuni. Bu yerda har qanday qurol ishlatiladi, hech kim yo’qotishlarni hisoblamaydi va o’liklar uchun motam tutmaydi. Shafqatsiz to’qnashuvlardan birida irlandlar to’dasi rahbari Vellon tub amerikaliklar rahbari Qassob Bill qo’lidan halok bo’ladi.

Uning o’g’li Amsterdam uzoq vaqt davomida islohot maktabida o’qiydi va unda atrofdagi mahallalarning egasiga aylangan qassobga nisbatan nafrat uyg’onadi. Yillar o’tib, Amsterdam, hech kim tomonidan tan olinmagan, otasining qotilidan o’ch olish maqsadi bilan ko’chalarga qaytadi.


Пляж (2000)

The Beach

Mazmun: Sarguzashtlarga chanqoq amerikalik yosh Richard Tailandga boradi va u yerda arzon mehmonxonada g’alati odam bilan uchrashadi. Bu odam unga odamlari plyajda kommuna bo’lib yashaydigan sirli orolning xaritasini beradi. Bu uni yerdagi jannat deb ataydi. Richard bir nechta fransuzlar bilan uchrashadi va ular bu orolga borishadi.


Человек в железной маске (1998)

The Man in the Iron Mask

Mazmun: Fransiyada shon-shuhrat va umidsizlik davri, qirol Lyudovik XIV butun mamlakati ochlikdan o’layotganda, u hayotdan zavqlanadi. O’z kuchining mutlaqligiga ishongan Lui, uning hukmronligiga chek qo’yishi mumkin bo’lgan faqat bitta odamdan qo’rqadi, u umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan va temir niqob bilan kishanlangan.

Ammo qirolning xudbinligi chegaradan chiqib ketganda, sobiq mushketyorlar Atos, Portos va Aramis Fransiyani tiklash uchun yagona umidi hisoblangan sirli mahbusni qutqarishga kirishadilar.


Совокупность лжи (2008)

Body of Lies

Rejissyor Riddli Skott, Leo va qoyilmaqom Rassel Krouning ijdo mahsuli.

Mazmun: Markaziy razvedka boshqarmasi bir qator teraktlar yetakchisini qidirmoqda. Rojer Ferris milliy razvedka agenti, u butun dunyo bo’ylab harakatlanib, har qanday istalmagan hodisalarning oldini olishga harakat qiladi.


Кровавый алмаз (2006)

Blood Diamond

Mazmun: 1999-yil, Syerra-Leone. Fuqarolar urushi. Qon va tartibsizlik. Ushbu noqulay atmosferada, olmoslar bilan shug’ullanadigan aqlli kontrabandachi noyob olmosni qidirmoqda.

Bir kuni kontrabandachi o’g’li g’oyib bo’lgan mahalliy baliqchini uchratadi, ular uni fuqarolar urushi frontlarida ishlatiladigan “bolalar armiyasi” ga olib ketishganini aytishadi. Va ikki xil odam g’ayritabiiy koalitsiyani tashkil qiladi…


Убийцы цветочной луны (2023)

Killers of the Flower Moon

Skorseze shu yerda. Lekin bu hammasi emas, u bu filmida rol ijro etish uchun o’zining eng sevimli ikkita aktyorini taklif qilgan: Leo va Robert De Niro. Film ayni paytda kinoteatrlarda qo’yilmoqda.

Mazmun: Birinchi jahon urushidan ko’p o’tmay, Fransiyada oshpaz bo’lib ishlagan Ernest Burxart o’z boyligini izlash uchun Osage hindularining katta rezervatsiyasi joylashgan Oklaxomaga keladi. Uning Qirol laqabini olgan amakisi Uilyam Xeyl o’sha hududlarda yashaydi — u yer egasi, chorvador, hindlarning do’sti va katta odam. Qirol Ernestni hindistonlik boy oiladan bo’lgan Molli Kayl bilan nikoh qurishga ko’ndiradi. G‘oya shundan iboratki, oilaning yerga bo‘lgan huquqi oxir-oqibat Burxartga o‘tadi va buning uchun Mollining onasi, opasi va o‘zi o‘lishi kerak.


Biz yuqorida Leonardo rol ijro etgan 20 ta filmni sanab o’tdik, ammo shunda ham uning ro’yxatimizga kirmay qolgan ajoyib filmlari bor:

  • Дж. Эдгар (2011)
  • Знаменитость (1998)
  • Комната Марвина (1996)
  • Дневник баскетболиста (1995)
  • Быстрый и мертвый (1995)
  • Жизнь этого парня (1993)
  • Полное затмение (1995)
  • Что гложет Гилберта Грейпа (1993)

Bu filmlarning har biri alohida e’tiborga loyiq va bemalol o’z ro’yxatingizga qo’shib qo’ysangiz bo’ladi. Xo’sh, Leonardoni bugungi tug’ilgan kuni bilan tabriklaymiz va undan yana shunday ajoyib rollarni kutib qolamiz.

Nazarbek Nazarov
Muallif
Nazarbek Nazarov
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ