Bokschi Bahodir Jalolov haqida badiiy film suratga olinmoqda

E’lon qilingan sana· 702
Bokschi Bahodir Jalolov haqida badiiy film suratga olinmoqda

Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov haqida badiiy film suratga olinmoqda, deya xabar bermoqda Milliy Kinematografiyani rivojlantirish markazi axborot xizmati.

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olinayotgan “Yengilmas. Tokioga yo‘l” filmi ssenariy mualliflari — Sergey Kuzmenix, Nurillo Narzullayev va Sultonbek Abbosov. Ushbu filmda Tokioda bo‘lib o‘tgan Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida g‘alabaga erishgan Bahodir Jalolovning xalqaro yutuqlari haqida hikoya qilinadi.

E‘lon qilingan videodan ko‘rish mumkinki, bokschi obrazini aktyor Ulug‘bek Qodirov gavdalantirgan.

Ta‘kidlanishicha, kinokartinaning suratga olish ishlari davom etmoqda.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2023 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ