Paramount "Baby Shark" qo'shig'i asosida ishlanayotgan multfilm treylerini taqdim etdi

E’lon qilingan sana· 116
Paramount "Baby Shark" qo'shig'i asosida ishlanayotgan multfilm treylerini taqdim etdi

Paramount kinokompaniyasi mashhur “Baby Shark” qo’shig’i asosida ishlanayotgan multfilm treylerini taqdim etdi.

Multfilmda akulaning bolasi o’z shahridan megapolisga ko’chib o’tadi va yangi do’stlar qidiradi.

“Baby Shark Big Movie” deb nomlanuvchi ushbu multfilmning premyerasi 8-dekabr kuni Paramount+ striming xizmatida bo’lib o’tadi.

Eslatib o’tamiz, “Baby Shark” videosi 2016-yil iyun oyida Pinkfong YouTube kanalida e’lon qilingan. Qo’shiq dastlab unchalik mashhur bo’lmagan, ammo 10 yoshli koreyalik amerikalik qo’shiqchi Xop Segoin uni ijro etganidan so’ng va Pinkfong eslab qolish uchun oson bo’lgan raqsni yaratgach, u butun dunyo bo’ylab xitga aylandi. 2022-yil yanvar oyida “Baby Shark” YouTube’da birinchi bo‘lib tomoshalar soni 10 milliarddan oshgan videoga aylandi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2023 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ