Futbol haqidagi eng yaxshi filmlar TOP-7`ligi

E’lon qilingan sana· 1 729
Futbol haqidagi eng yaxshi filmlar TOP-7`ligi

Millionlar oʻyini — futbol, ehtimol dunyodagi eng mashhur, eng koʻp fanatlariga ega sport turi boʻlsa kerak. Siz futbol ixlosmandi boʻlsangiz, ba’zan ushbu sport haqidagi filmlarni tomosha qilishni xohlab qolishingiz aniq. Bugun Afisha.uz muharriri aynan shunday filmlarni bir joyga jamlashga qaror qildi. Qani ketdik.

Гол! (2005)

Goal!

Har bir futbol muxlisi tomosha qilishi shart boʻlgan film. Balki siz allaqachon “Santyago Munes” ismini qayerdandir eshitgandirsiz…

Oʻz orzularini roʻyobga chiqarish va professional futbolchi boʻlish Santyago Munesning Angliyaga yoʻl olishiga sabab boʻladi. U oʻz yoʻlida sevgi va doʻstlik, jasorat va joziba kabi tushunchalarga duch keladi…


Убойный футбол (2001)

Siu lam juk kau

Olti aka-uka tajribali futbol murabbiyi rahbarligida yengilmas jamoa tuzadi. Qadimgi kung-fu ustalarining bebaho tajribasi va zamonaviy futbol jangovar taktikasini o‘zida mujassamlashtirgan holda, ular nufuzli futbol chempionatida million dollar mukofoti uchun kurashishga ariza berishadi.


Играй, как Бекхэм (2002)

Bend It Like Beckham

Jess bor-yoʻgʻi 18 yoshda, lekin u uni nima baxtli qila olishini juda yaxshi tushunadi: mashhur “Manchester Yunayted” futbolchisi Devid Bekxem kabi futbol karyerasiga erishish. U London bog‘ida to‘p tepib, mahalla yigitlariga qizlar ham futbol o‘ynashini isbotlab berayotgan bir paytda, uning ota-onasi va ko‘p sonli qarindoshlari, an’anaviy hind oilasiga yarasha, unga munosib turmush o‘rtog‘ini qidirib, rejalar tuzmoqda.

Bir kuni Jess Juls bilan uchrashib qoladi va u uni ayollar futboli boʻlimiga mashgʻulotlarga taklif qiladi. U nafasi bo‘shashib, yangi do‘stining orqasidan boradi va orzusi haqiqatga aylanadi: Jess haqiqiy futbol jamoasiga qabul qilinadi. Buning ustiga, u murabbiysi Joni sevib qoladi.

Oilasi hech qachon uning tanlovini qabul qila olmasligini anglagan Jess oʻzining qisqa muddatli baxtidan bahramand boʻladi va oʻz huquqlarini oxirigacha himoya qilishga tayyorlanadi…


Костолом (2001)

Mean Machine

Denni Mihenda hamma narsa bor: pul, shon-shuhrat, qimmatbaho mashinalar. U Angliya milliy futbol jamoasi sardori. Ammo bir kuni uning hayoti oʻzgarib ketadi. Denni mast holda politsiyachiga hujum qilgani uchun uch yillik qamoq jazosiga hukm qilinadi. Denni tushib qolgan qamoqxona nazoratchisi futbol jamoasini yaratish uchun katta mablag' sarflaydi va oʻz jamoasiga hurmatli futbolchini murabbiy qilib olishga qaror qildi. Uning orzusi “qamoqxona ligasi"da gʻalaba qozonish. Ammo Denni mahbuslar jamoasini tuzadi, ular birinchi oʻyinni qamoqxona xodimlari bilan oʻtkazishlari kerak. Nazoratchi e’tiroz bildirmaydi; u mahbuslarning gʻalaba qozonishiga ishonmaydi.


Гол 2: Жизнь как мечта

Goal II: Living the Dream

Mashhurlikka erishgan futbol yulduzi Santyago Munesda hamma narsa bor: afsonaviy “Real Madrid” jamoasidagi hujumchi sifatidagi mavqei, yangi Lamborghini, oʻzining shaxsiy villasi, ispan goʻzallarining e’tibori. Undan ham muhimi, u zamonamizning eng buyuk futbolchilari — Bekxem, Raul, Zidan va Ronaldo bilan bir jamoada oʻynash imkoniyatiga ega.

Ammo oʻtmish Santyagoni qoʻyib yubormaydi — muammolar bor. Yosh futbolchi shon-shuhrat, pul, muvaffaqiyat vasvasasini yengib chiqa oladimi? U eski doʻstlariga sodiq qola oladimi va yangi jamoasiga Chempionlar ligasi finalida gʻalaba qozonishiga yordam bera oladimi?

Santyago Munes haqidagi filmlar aslida trilogiya hisoblanadi, ya’ni uchta filmdan iborat. Lekin uchinchisini tomosha qilmasa ham boʻladi, u birinchi ikki qismiga unchalik oʻxshamaydi va bogʻliqlik ham deyarli yoʻq. Umuman, uni alohida film sifatida tomosha qilsa boʻladi.


Хулиганы

Green Street Hooligans

Jurnalistika talabasi Mett Bakner sodir etmagan jinoyati uchun Garvarddan haydaladi. Uning istiqbolli karyerasi barbod boʻldi, kelajagi noaniq. Boshpana izlab, turmushga chiqqan singlisi Shennonnikiga Londonga boradi. Uning eri Mettni ukasi Pit bilan tanishtiradi. Pit bilan doʻstlashgandan soʻng, Mett oʻzi uchun futbol olamini kashf etadi. Bu yerda u yangi doʻstlar, yangi muammolar topadi va aqldan ozgan futbol muxlislari safiga qoʻshiladi.


Тренер (2018)

Rossiya terma jamoasi futbolchisi Yuriy Stoleshnikov hal qiluvchi pallada penaltini amalga oshira olmadi. Noxush xatodan soʻng Stoleshnikov terma jamoani tark etadi, faoliyatini yakunlaydi va kichik viloyatdagi jamoaning murabbiysiga aylanadi. Aynan shu klub bilan Stoleshnikov moʻjiza koʻrsatishi va yana oʻziga ishonchni qaytarishi kerak.


Ushbu roʻyxatimizdan joy olmagan ammo biz tavsiya qilishimiz mumkin boʻlgan filmlar bir talaygina. Ularni ham bir ogʻiz tilga olib oʻtishni xohladik: rus kino ijodkorlari tomonidan suratga olingan “Эластико” (2016), “Околофутбола” (2013), “Матч” (2011) nomli filmlar, shuningdek, komediya ruhidagi Gollivud filmi “Она — мужчина” (2006), Manchester Yunayted tragediyasi haqidagi “Юнайтед. Мюнхенская трагедия” (2011) tarixiy filmi ham bugungi roʻyxatimizdan joy olishga loyiq edi.

Bundan tashqari, oʻzbek kino ijodkorlari tomonidan suratga olingan “Faqat gʻalaba” nomli filmni ham esdan chiqarmaslik kerak. Ushbu film Oʻzbekiston milliy terma jamoasining 1994-yilgi Osiyo oʻyinlari doirasidagi futbol musobaqasidagi muvaffaqiyatiga bagʻishlangan.

Futbol haqida nafaqat yaxshi filmlar, balki seriallar ham ishlangan. Misol uchun, amerikadan Angliyaga mahalliy jamoani boshqarish uchun koʻchib kelgan murabbiy haqidagi “Тед Лассо” serialini ham tomosha qilishni tavsiya qilamiz.

Nazarbek Nazarov
Muallif
Nazarbek Nazarov
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ