“Kazbek: Osiyo arsloni” tarixiy filmi Belarusda suratga olinmoqda

E’lon qilingan sana· 348
“Kazbek: Osiyo arsloni” tarixiy filmi Belarusda suratga olinmoqda

“Kazbek: Osiyo arsloni” filmining suratga olish jarayonlari Belarus davlatida davom etmoqda, deya xabar bermoqda Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi axborot xizmati.

Film fashist bosqinchilariga qarshi, Belarus va uning o‘rmonlarida ayovsiz kurashgan o‘zbekistonlik partizan Mamadali Topvoldiyev haqida bo‘lib, voqealar 1941−1945 yillarni o‘z ichiga oladi.

Kinokartinada bosh rolni mahoratli aktyor Ulug‘bek Qodirov ijro etmoqda. Film postanovkachi rejissyori Akbar Bekturdiyev, ssenariy mualliflari Igor Kostyuchenko, Akbar Bekturdiyev, postanovkachi operator Xusan Aliyev, prodyusser Feruza Bekturdiyeva hisoblanadi.

Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi “Kazbek” filmidan beksteyj ham e’lon qildi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ