"Oltin globus — 2024” g‘oliblari e’lon qilindi

E’lon qilingan sana· 392
"Oltin globus — 2024” g‘oliblari e’lon qilindi

Gollivudning xorijiy matbuot assotsiatsiyasi 81-Oltin globus mukofoti g‘oliblarini e’lon qildi. Marosim 8-yanvarga o‘tar kechasi Beverli-Xillzda bo‘lib o‘tdi.

2024-yilgi “Oltin globus” kinotaqdimoti avvalgilaridan farq qildi — bu safar “Eng yaxshi kinematografiya va kassa muvaffaqiyati” va “Televideniyadagi eng yaxshi stand-up komediya chiqishi” yangi nominatsiyalari uchun ham taqdirlashdi. Shuningdek, har bir nominatsiyaga endi beshta emas, oltita nomzod taqdim etildi.

“Eng yaxshi dramatik film” nominatsiyasida mukofotni “Oppenhaymer” filmi oldi. Film, shuningdek, Kristofer Nolanga eng yaxshi rejissyor, Killian Myorfiga drama janridagi eng yaxshi aktyor roli va kichik Robert Dauniga eng yaxshi ikkinchi darajali erkak roli nominatsiyalarida gʻoliblik olib keldi.

Eng yaxshi saundtrek oʻsha “Oppenhaymer” filmining musiqasiga berildi — buning uchun mukofotni shved bastakori Lyudvig Goransson oldi.

“Kinematografiya va kassadagi muvaffaqiyat” nominatsiyasida mukofot 1,4 milliard dollar yig‘gan “Barbi” filmiga nasib etdi.

Kino yoʻnalishidagi gʻoliblar:

  • Eng yaxshi dramatik film — “Oppenhaymer”;
  • Drama janridagi filmdagi eng yaxshi ayol roli — Lili Gladstoun (“Убийцы цветочной луны”);
  • Drama janridagi filmdagi eng yaxshi erkak roli — Killian Myorfi (“Oppenhaymer”);
  • Eng yaxshi myuzikl yoki komediya — “Бедные-несчастные”;
  • Myuzikl yoki komediyadagi eng yaxshi aktrisa — Emma Stoun (“Бедные-несчастные”);
  • Myuzikl yoki komediyadagi eng yaxshi aktyor — Pol Jamatti (“Оставленные”);
  • Eng yaxshi animatsion film — “Мальчик и птица”;
  • Xorijiy tildagi eng yaxshi film — “Анатомия падения” (Fransiya);
  • Eng yaxshi ikkinchi darajali ayol roli — Davayn Joy Rendolf (“Оставленные”);
  • Eng yaxshi ikkinchi darajali erkak roli — kichik Robert Dauni (“Oppenhaymer”);
  • Eng yaxshi rejissyor — Kristofer Nolan (“Oppenhaymer”);
  • Eng yaxshi ssenariy — “Анатомия падения”;
  • Eng yaxshi original saundtrek — “Oppenhaymer”;
  • Eng yaxshi original qoʻshiq — What Was I Made For — Billi Aylish (“Barbi”);
  • Eng yaxshi kinematografiya va kassa muvaffaqiyati — “Barbi”.

Televideniya yoʻnalishidagi gʻoliblar:

  • Eng yaxshi dramatik teleserial — “Наследники”;
  • Dramatik teleserialdagi eng yaxshi aktrisa — Sara Snuk (“Наследники”);
  • Dramatik teleserialdagi eng yaxshi aktrisa — Kiran Kalkin (“Наследники”);
  • Eng yaxshi teleserial — myuzikl yoki komediya — “Медведь”;
  • Teleserialdagi eng yaxshi aktrisa — myuzikl yoki komediya — Ayo Edebiri (“Медведь”);
  • Teleserialdagi eng yaxshi aktyor — myuzikl yoki komediya — Jeremi Allen Uayt (“Медведь”);
  • Eng yaxshi telefilm, antologiya yoki mini-serial — “Грызня”;
  • Telefilm, antologiya yoki mini-serialdagi eng yaxshi aktrisa — Ali Vong (“Грызня”);
  • Telefilm, antologiya yoki mini-serialdagi eng yaxshi aktyor — Stiven Yan (“Грызня”);
  • Eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa — Elizabet Debiki (“Корона”);
  • Eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor — Mettyu Makfedien (“Наследники”);
  • Televideniyadagi eng yaxshi stand-up komediya chiqishi — Riki Jerveys.
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ