Zulfiqor Musoqov 66 yoshda. Uning rejissyorligidagi eng yaxshi filmlar o‘nligi

E’lon qilingan sana· 799
Zulfiqor Musoqov 66 yoshda. Uning rejissyorligidagi eng yaxshi filmlar o‘nligi

O‘zbek kinosi durdonalari qatoriga “Abdullajon”, “Kichkina tabib”, “Osmondagi bolalar” kabi filmlarni ham qo‘shish mumkin. Nega aynan ular, ularni nima birlashtirib turadi? Gap shundaki, ushbu filmlarni mahoratli rejissyorlardan biri — Zulfiqor Musoqov suratga olgan. Ular boshqa kinolardan soddaligi, xalqchilligi bilan ajralib turadi. Bunda rejissyorning o‘rni katta. Uning kinolaridagi dialoglar esa alohida mavzu.

Faoliyatini 1989-yilda boshlagan Musoqov bugungi kunga qadar 30 dan ortiq filmlar va teleseriallar suratga olishga ulgurgan. Uning “Vatan” filmi 2007-yilda Malayziyada o‘tkazilgan 50-Xalqaro kinofestivalda “Osiyoning eng yaxshi filmi” nominatsiyasiga daʼvogarlik qilgan. 2011-yilda rejissyor suratga olgan “Qo‘rg‘oshin” badiiy filmi Rossiyada bo‘lib o‘tgan “Kinoshok” Xalqaro kinofestivalida qatnashib, “Eng yaxshi ssenariy” nominatsiyasi sovrindori bo‘lgan.

Aslida, Zulfiqor uning asl ismi emas, aslida rejissyor Jamol Musoqov ism-familiyasiga ega. Bugun, 19-yanvar kuni o‘zbek rejissyorlari ichida ajratib ko‘rsatish mumkin bo‘lgan ijodkor — Zulfiqor Musoqov 66 yoshga to‘ldi. “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobining tug‘ilgan kunida uning rejissyorligidagi eng yaxshi filmlarni yodga olishga qaror qildik.

Quyidagi to‘plamni tomosha qilishga vaqtingiz bo‘lmasa, uni saqlab qo‘ying, dam olish kunlari yaqin.

“Abdullajon” (1991)

— Bu nima o‘zi?

— Bu pul bo‘ladi-da, o‘g‘lim. Hamma balo mana shunda. 6 ta bolani tarbiyalashning o‘zi bo‘ladimi? Mana, misol uchun, qaragin, o‘zi bo‘ladimi, sochligi qolibdimi, ko‘rdingmi?! Eh, o‘g‘lim, katta opang beshik to‘yi qilib bering, deyapti, unga pul kerakmi — pul kerak. Boltaboyni uylantirib qo‘yish kerak, unga pul kerak. Uyni chalasini bitirish kerakmi — bitirish kerak. Narx-navo osmonda. Eh, katta pul kerak, o‘g‘lim. Qo‘y, boshqa gapdan gaplashaylik.

— Dadamlarga katta pul yasab beraman…

“Bomba” (1995)

— Bu nima?

— Dada, qoching, bu bomba-ku! Yoting!

“Kichkina tabib” (1997)

— Iltimos, menga quloq solgin, qizimni davolash uchun nimalar kerak, hammasini to‘g‘rilab beramiz.

— Bilmadim, uyingizdan farishtalar ketib qolgan.

— Qanaqa farishtalar?

— Kichkina. Qanotlari kichkina. Oppoq. Bizni qishloqda, bizni uyda farishtalar rosa ko‘p, uchib yuradi, ertalab kelib, oyna oldiga qo‘nadi. Lekin, to‘g‘risini aytsam, charchadim, uyqim kelyapti…

“Osmondagi bolalar” 1, 2 (2002, 2003)

— Maktabni ham tashlasam kerak. Lola, endi novvoyxonaga kelmagin, oldinglarda ham novvoyxona borku.

— Tug‘ilgan kunimga kelmasang, bundan keyin yopgan non yemayman, buxanka non yeyman.

— Lola, qo‘limdagi qadahni ering bilan iloji boricha tezroq ajrashib ketib, Toshkentga qaytishing uchun ko‘taraman…

“Vatan” (2006)

— Menga qara, uyingga ikki marta sovchi yubordim, ikki marta ham yo‘q debsan. Nima, meni Xudo urganmi?! Yo ko‘zim g‘ilaymi?! Yo bukirmanmi?! Bundan nimam kam meni?! Qiynab yubording-ku.

— Kam emassan, sen undan zo‘rsan. Hattoki chiroylisan, bo‘ying ham baland. Lekin Qurbon boshqachada… Balki u sepkillarim borligi uchun sovchi yubormayotgandir… (Qurbonga qarab) Sepkillarim yoqmaydimi senga?

— Nega, yoqadi.

— Unda nega sovchi yubormayapsan.

— Yuboraman.

— Yubor.

“Novda” (2013)

— Dilshoda, yaxshimisan?! Qo‘rqitvording-ku…

“Yaratganga shukr” (1996)

Xohlagan narsasi amalga oshadigan bosh qahramon ko‘zi ko‘r insonga qarab:
— To‘xta, qo‘lingni ber. Tila tilagingni, baxting nima?
— Men, hozir xohlardimki, butun dunyodagi odamlarning ko‘zi menga o‘xshab ko‘r bo‘lib qolsin.

“Oyijon” (2000)

“Qo‘rg‘oshin” (2011)

Yoqimli tomosha!

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ