Daholar haqidagi TOP filmlar

E’lon qilingan sana· 1 282
Daholar haqidagi TOP filmlar

Shunday filmlar borki, ulardagi daholarni koʻrib, ularga havas qilamiz, oʻzimizda motivatsiya paydo boʻladi. Bugun biz ana shunday filmlarni bir joyga yigʻdik.

Джобс: Империя соблазна

Jobs (2013)

Joshua Maykl Shtern tomonidan suratga olingan, dunyo tan olgan daho Stiv Jobs haqida suratga olingan ajoyib film. Asosiy rolni, ya’ni Jobs rolini “Kapalak effekti”, “Qutqaruvchi” filmlaridagi rollari bilan mashhur Eshton Kutcher ijro etgan.

Jobs katta imperiya yaratadi, unga havas ham, hasad ham qilishardi. Ushbu filmda uning qanday inson boʻlganligini ochib berishga harakat qilishgan.


Вселенная Стивена Хокинга

The Theory of Everything (2014)

Buyuk sevgi va buyuk kashfiyotlar haqidagi hikoya. Yosh fizika Stiven Xoking boʻlajak san’atshunos Jeyn Uayld bilan tanishadi. Professorlar Stivenning kelajagi porloq deb hisoblashadi, uni ingliz kosmologiyasining kelajagi deb atashadi. Qiziqarli uchrashuvlar, doʻstlar bilan sayr qilish, kechki yorugʻlik ostida raqsga tushish va fizika, Xudo va san’at haqidagi suhbatlar endi oʻtmishda qoldi… Xokingga dahshatli tashxis qoʻyiladi: Lu Gerig kasalligi. Uning hayoti 2 yil ichida tugashi mumkin, ammo bu Jeynni qoʻrqitmaydi.


Игра в имитацию

The Imitation Game (2014)

Film Ikkinchi jahon urushi davrida nemis shifrlash mashinasi Enigma`ning kodini buzishga erishgan ingliz matematigi Alan Tyuring haqida hikoya qiladi. Voqealar rivoji 1941-yilda sodir boʻladi. Tyuring rolini qoyilmaqom Benedikt Kemberbatch ijro etgan. Film Endryu Xojesning “Alan Tyuring: Enigma” nomli kitobi asosida suratga olingan.


Жертвуя пешкой

Pawn Sacrifice (2014)

Sovuq urush avjiga chiqqan bir davrda butun sayyoraning e’tibori “asr jangi” — Reykyavikdagi shaxmat boʻyicha jahon chempioni unvoni uchun oʻyinga qaratiladi. Mutlaq chempion Boris Spasskiy va haqiqatan ham oʻyinga berilib ketgan Bobbi Fisher oʻrtasidagi jang ikki mamlakatning intellektual ustunligi uchun kurashga aylanadi. Magʻlub boʻlishga hech kimning haqqi yoʻq.


Игры разума

A Beautiful Mind (2001)

Jahon miqyosidagi shon-shuhratdan gunohlar girdobigacha — Jon Forbes Nesh Jr bularning barini boshdan kechiradi. Matematika dahosi, oʻz karyerasining boshida u oʻyin nazariyasi sohasida katta ishlarni amalga oshirdi, u matematikaning ushbu sohasida inqilob qiladi va xalqaro shon-shuhratga erishadi.

Biroq, ayni paytda, takabbur va ayollar e’tiborini qozona boshlagan Nesh, hayotini tubdan oʻzgartirib yuboradigan taqdir zarbasiga uchraydi.


Социальная сеть

The Social Network (2010)

Amerika orzusini amalda koʻrsatib beruvchi yana bir film. Mark Sukerberg koʻpchilikni shunday tarmoqlarni yaratishga ilhomlantirgan ijtimoiy tarmoqni ixtiro qildi. U botanik boʻlgani uchun qizlar orasida unchalik mashhur emas edi. U gʻoyalarini gullab-yashnayotgan biznesga aylantirdi. Toʻgʻri, muvaffaqiyatini mustahkamlash uchun u bir nechta sinovlardan oʻtishi kerak edi, ularning natijalari hali ham jamoatchilik uchun yopiq qolmoqda.


Человек, который познал бесконечность

The Man Who Knew Infinity (2015)

Hindistonlik matematik Srinivas Ramanujan haqidagi hikoya. Professor Xardining yordami bilan u Kembrijga boradi, ammo 1910-yillardagi Yevropa jamiyati bunday ekzotik dahoni qabul qila oladimi? Real voqealarga asoslangan ushbu film Robert Kanijelning “Cheksizlikni anglagan odam” romani asosida suratga olingan. Kambagʻal yigit Srinivas Ramanujan, hech qanday ma’lumotga ega emasligiga qaramay, ajoyib matematik qobiliyatlari tufayli hisobchi boʻlib ishga kiradi. Uning aql-zakovatidan hayratga tushgan Srinivasning xoʻjayini unga mashhur Kembrij professori Godfrey Xardi bilan yozishmalarni boshlashga yordam beradi. Xardi faqat maktublarning oʻzidan uning daho ekanligini tushunadi. Urushdan oldingi ingliz jamiyatining notoʻgʻri qarashlariga qarshi chiqib, u Srinivasni Kembrijga taklif qiladi. Uyi va rafiqasini Hindistonda qoldirib, iqtidorli yigit oʻziga begona dunyoga sayohat qiladi.

Nazarbek Nazarov
Muallif
Nazarbek Nazarov
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ