Martin Skorseze "Oskar"ga eng koʻp nomzodi qoʻyilgan rejissyorga aylandi

E’lon qilingan sana· 479
Martin Skorseze "Oskar"ga eng koʻp nomzodi qoʻyilgan rejissyorga aylandi

Rejissyor allaqachon 10 ta "Oskar" mukofotiga nomzod boʻlgan.

“Oskar” mukofotiga nomzodlar e’lon qilingandan soʻng, Martin Skorseze nufuzli mukofotni qoʻlga kiritishga eng koʻp nomzod boʻlgan tirik rejissyorga aylandi.

Skorseze allaqachon 10 ta “Oskar” mukofotiga nomzod boʻlib, ularning soni boʻyicha Stiven Spilbergni ortda qoldirdi. Ammo “Ben-Gur” va “Rim ta’tillari” filmlarini suratga olgan rejissyor Uilyam Uayler (1902−1981) tarixda eng ko‘p nominatsiyaga ega bo‘lgan — u ushbu mukofotni qoʻlga kiritishga 12 marta nomzod bo‘lgan.

Martin Skorseze “Aviator”, “Uoll-Stritlik boʻri”, “La'natlanganlar oroli”, “Murtadlar” kabi bir qator shedevr filmlar rejissyori. 2023-yilda uning “Убийцы цветочной луны” nomli filmi premyerasi boʻlib oʻtdi va aynan mana shu film “Oskar"ga mukofotining bir nechta nominatsiyasida gʻoliblikka da’vogar boʻlib turibdi.

Darvoqe, biz uning eng yaxshi filmlarini bitta maqolada toʻplaganmiz.