2024-yil fevral oyida uyda qanday filmlar koʻrish mumkin?

E’lon qilingan sana· 640
2024-yil fevral oyida uyda qanday filmlar koʻrish mumkin?

Fevral oyida seriallar segmenti ancha boyiydi.

Filmlar

“Орион и Тьма”

“Orion and the Dark”
Janr: multfilm, fentezi, komediya, detektiv, sarguzasht, oilaviy.
Premyera sanasi: 2-fevral kuni Netflix platformasida.

“Begʻubor Aqlning Abadiy Charogʻi” (Вечное сияние чистого разума), “Jon Malkovich bo‘lish” va “Adaptatsiya” filmlari ssenariy muallifi Charli Kaufmanning uzoq kutilgan yangi loyihasi. Bu multfilmda ham Kaufman ssenariy muallifi sifatida ishlaydi va Emma Yarlettning xuddi shu nomdagi bolalar hikoyasini ekranlashtiradi.

Sinopsis: bolakay Orion balandlikdan, uy hayvonlaridan qoʻrqadi, lekin hammasidan ko‘proq qorongʻulikdan dahshatga tushadi. Bir kuni Zulmatning oʻzi Orionning yoniga keladi va zararsiz ekanini isbotlash uchun u bilan tungi sayohatga chiqadi.


“Солнечное побережье”

“Suncoast”
Janr: drama.
Premyera sanasi: 9-fevral kuni Hulu platformasida.

Filmning yaratilishiga juda ta’sirli voqea sabab boʻlgan: aktrisa Laura Kinli (“Jangchi”, “Meni alda”) miya saratonidan vafot etgan ukasi bilan birga oʻsgan. U rejissyorlik debyutida bolalik xotiralari, kechinmalari va jarohatlarini yuzaga chiqarishga qaror qildi.

Sinopsis: Oʻrta maktab oʻquvchisi Doris oʻzining haddan tashqari ehtiyotkor onasi va kasal akasi bilan yangi shaharga koʻchib oʻtadi. Qiz ekssentrik aktivist bilan doʻstlashadi va sinfda oʻzini koʻrsatish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanadi.


“Upgraded”

Janr: melodrama, komediya.
Premyera sanasi: 9-fevral kuni Amazon Prime Video platformasida.

Nomini aytish mumkin boʻlmagan bayram uchun striming xizmatlari bir vaqtning oʻzida bir nechta romkom bilan xursand qilmoqchi. Ulardan birinchisining nomi rasman tarjima qilinmagan, ammo film zamonaviy dunyoda ishlashga, munosabatlar qurishga va oʻzingizni va orzularingizni tushunishingizga vaqt ajratish qanchalik qiyinligi haqida soʻzlaydi.

Sinopsis: taniqli kompaniyaning amaliyotchisi yovuz xoʻjayini tomonidan zudlik bilan chet elga xizmat safariga joʻnatiladi. Samolyotda, negadir, qiz birinchi klasga oʻtkaziladi va u yerda boy inson bilan tanishib, uni sevib qoladi.


“Игроки”

“Players”
Janr: melodrama, komediya.
Premyera sanasi: 14-fevral kuni Netflix platformasida.

Ikkinchi romkom esa Netflix’da premyera qilinadi. Albatta, boshlanishi shubhali tuyuladi, lekin agar siz filmni 2000-yillardagi romantik komediyalarga hurmat sifatida qabul qilsangiz, nega uni tomosha qilmaslik kerak?

Sinopsis: jurnalist Mak va uning doʻstlari kecha uchun sherik topish maqsadida barlarda kichik sahna koʻrinishlar uyushtiradi. Qiz majburiyatsiz jinsiy aloqa qilishga odatlangan, lekin bir kuni u haqiqatan ham oʻzi havas qiladigan boʻydoq boʻlgan Nikni sevib qoladi va oʻrtoqlaridan yangi firibgarlik uyushtirishni soʻraydi. Nik qizni sevib qolishi kerak.


“Код 8: Часть 2”

“Code 8: Part II”
Janr: fantastika, jangari, triller, drama, kriminal.
Premyera sanasi: 28-fevral kuni Netflix platformasida.

Netflix odamlar super kuchga ega boʻlgan “Kod 8” fantastik olami boʻyicha huquqlarni qoʻlga kiritdi va toʻgʻridan-toʻgʻri voqealar davomini suratga oldi. Bosh rollarni yana Robbi Amell va Stiven Amell ijro etgan.

Sinopsis: voqealar markazida poraxo‘r politsiyachilar qo‘lida o‘ldirilgan ukasi tufayli adolat o‘rnatish uchun kurashayotgani o‘smir qiz tasvirlangan. Taqiqlangan narsaning guvohi boʻlgan qiz “formadagi boʻrilar"ning nishoniga aylanadi va sobiq mahbus va uning sherigi yordamiga murojaat qiladi.


Seriallar

“Мистер и миссис Смит”

Mr. & Mrs. Smith
Janr: jangari, triller, komediya, kriminal.
Premyera sanasi: 2-fevral kuni Amazon Prime Video platformasida.

Bu haqda izoh berish kerakmi yoki yoʻqmi, bilmayman, chunki Amazon’ning “Mister va missis Smit” seriali qishning eng koʻp tanqid qilingan premyeralaridan biri boʻladi. Aftidan, biz yana bir kultga aylangan loyihaning paraztini koʻramiz, ammo tanqidchilarning ta’kidlashicha, serial barcha yoʻnalishlarda — aygʻoqchi komediya sifatida ham, romantika sifatida ham, erkak va ayol oʻrtasidagi melanholik munosabatlarni saqlab qolish tomonidan ham muvaffaqiyatli ishlagan. Bosh rollarni Donald Glover va Mayya Erskin ijro etgan. Ulardan tashqari serialda Pol Dano, Parker Pozi, Jon Turturro, Maykl Koel, Aleksandr Skarsgard, Eiza Gonsales va Sara Polson suratga tushgan.

Sinopsis: ikki agent xavfli missiya paytida oʻzini er-xotin kabi tushishi kerak. Vaziyat yangi mister va missis Smitning bir-biriga simpatiya bildirishni boshlagani bilan murakkablashadi.


“Один день” (mini-serial)

“One Day”
Janr: drama, melodrama, komediya.
Premyera sanasi: 8-fevral kuni Netflix platformasida.

Hammasi oddiy, “Bir kun” 2011-yilda Enn Xeteuey va Jim Sterjess ishtirokidagi dramaning remeyki bo‘lib, film o‘z navbatida Devid Nikolsning shu nomli kitobining adaptatsiyasi edi. Netflix 13 qismlik serial va’da qilmoqda va ularning har biri qahramonlar hayotidagi bir kun haqida hikoya qiladi.

Sinopsis: doʻstlar Dekster va Emma oʻnlab yillar davomida uchrashib kelishadi va bir-biriga romantik his-tuygʻularini tan olishdan qoʻrqadi.


“New Look: Революция стиля”

“The New Look”
Janr: drama, biografiya, tarixiy.
Premyera sanasi: 14-fevral kuni Apple TV+ platformasida.

Bugungi kunda moda haqidagi loyihalar kamdan-kam uchraydi. “New Look” esa bu vaqtda juda obroʻli koʻrinadi. Aktyorlar tarkibi ham sizni hayron qoldiradi — Ben Mendelson, Julyet Binosh, Glenn Klouz, Jon Malkovich, Meysi Uilyams va Klas Bang.

Sinopsis: serialda Kristian Dior va uning zamondoshlari Koko Shanel, Per Balmen va Kristobal Balensiaga Ikkinchi jahon urushi dahshatlarini qanday yengib, zamonaviy modani boshlab bergani haqida hikoya qilinadi.


“Созвездие”

“Constellation”
Janr: fantastika, triller.
Premyera sanasi: 21-fevral kuni Apple TV+ platformasida.

Apple TV+ platformasining yana bir asosiy premyerasi haqida gaplashamiz. Serial yaratuvchilari bosh rolni Numi Rapas ijro etgan psixologik triller va jangovar film aralashmasini va’da qilmoqda.

Sinopsis: astronavt kosmik stansiya halokatidan omon qoladi, moʻjizaviy tarzda Yerga qaytib keladi va qizida nimadir notoʻgʻri narsa sodir boʻlayotganini tushunadi. Shifokorlar oʻz pozitsiyasini isbotlash uchun har qanday urinishlarni kosmik telbalik sindromi bilan bogʻlashadi va qahramonni tabletkalarga koʻmib tashlaydi.


“Месси и Кубок мира: Путь к вершине” (mini-serial)

“Messi's World Cup: The Rise of a Legend”
Janr: hujjatli, sport.
Premyera sanasi: 21-fevral kuni Apple TV+ platformasida.

Striming xizmatlari buyuk futbolchilar haqida hujjatli filmlar toʻlqinini tutib oldi. Endi navbat Messiga yetib keldik.

Sinopsis: bu futbol afsonasining jahon chempionatida g‘alaba qozonish yoʻlidagi aql bovar qilmaydigan sayohati — beshta urinishi, 2022-yildagi triumfal gʻalaba. Chempionat davom etar ekan, Messi terma jamoadagi faoliyati va boshiga tushgan sinovlar haqida fikr yuritadi.


“Аватар: Легенда об Аанге”

“Avatar: The Last Airbender”
Janr: fentezi, jangari, drama, komediya, sarguzasht.
Premyera sanasi: 22-fevral kuni Netflix platformasida.

Oʻtgan yili Netflix One Piece orqali striming xizmati nihoyat animelarni suratga olishni oʻrganganini isbotladi, ammo biz hali ham “Oʻlim daftari” loyihasida boʻlgan sharmandalikni eslaymiz, bu yangi “Avatar"ga biroz ishonchsizlik uygʻotadi. Shuningdek, asl multfilm yaratuvchilari loyiha ustida ishlashdan bosh tortgan va yangi “Avatar"ning taqdiri Nayt Shyamalan mas’ul boʻlgan boshqa ekranizatsiyani takrorlashi mumkin.

Sinopsis: oxirgi havo sehrgari Aang toʻrtta elementni boshqara oladi va doʻstlari bilan koʻp asrlik urushni toʻxtatishga harakat qiladi.


“Ходячие мертвецы: Выжившие”

“The Walking Dead: The Ones Who Live”
Janr: qo‘rqinchli, fantastika, drama.
Premyera sanasi: 25-fevral kuni AMC+ platformasida.

Oʻlik qayta jon bera olmaydi. AMC kanali ham shunday deb hisoblaydi va 2010-yillardagi oʻzining asosiy loyihasininh spin-offlarni chiqarishda davom etmoqda. Biror kim hozir ham bu olamning muxlisimi?

Sinopsis: Mishonn Fuqarolik Respublikasi kuchlari tomonidan oʻgʻirlab ketilgan Rik Grimsni topish uchun har qanday masofa va xavfni bosib oʻtishga tayy


“Сегун”

Shôgun
Janr: drama, sarguzasht, jangari, tarixiy.
Premyera sanasi: 27-fevral kuni Hulu va FX platformalarida.

Jeyms Klavellning xuddi shu nomdagi tarixiy romani o‘z vaqtida tezda bestsellerga aylangandi va asarning 1980-yildagi birinchi ekranizatsiyadi XX asrning eng muhim va ta’sirchan miniseriallaridan biriga aylangan. Bizda zamonaviy adaptatsiya qanday ko‘rinish olishiga guvoh bo‘lishda yaxshi imkoniyat bor.

Yaponiya, XVII asr boshlari. Ingliz navigatori Jon Blektorn kema halokatga uchraydi va yevropaliklar uchun yopiq bo‘lgan kunchiqar yurtga kelib qoladi. U yerda esa hayot va o‘lim yoqasida mahbuslikdan hokimiyat uchun kurashayotgan samuray Toranaganing o‘ng qo‘liga aylanishgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tadi.


Davom ettiriladigan seriallar:

“Halo”, 2-mavsum, 8-fevraldan Paramount+ platformasida;

“Полиция Токио”, 2-mavsum, 8-fevraldan MAX platformasida;

“Доброе утро, Вероника”, 3-mavsum (final), 14-fevraldan Netflix platformasida;

“Хороший доктор”, 7-mavsum (final), 20-fevraldan ABC va Hulu platformasida;

“Звездные войны: Бракованная партия”, 3-mavsum, 21-fevraldan Disney+ platformasida.

Roman Knishev
Muallif
Roman Knishev