“Bahodir Yalangto‘sh” filmi treyleri e’lon qilindi

E’lon qilingan sana· 3 209
“Bahodir Yalangto‘sh” filmi treyleri e’lon qilindi

Samarqand amiri, buyuk sarkarda, Registon bunyodkori haqidagi “Amir Bahodir Yalangto‘sh” tarixiy-badiiy film suratga olindi. Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi matbuot xizmati film treylarini e‘lon qildi.

Film Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan Samarqand viloyati hokimligi bilan hamkorlikda “Ezgu film” studiyasi tomonidan Jahongir Ahmedov rejissyorligida yaratilgan. Kinokartinada buyuk sarkarda, Registon majmuasi bunyodkori, Samarqandga hokimlik qilgan sarkarda Bahodir Yalangto‘shning hayot yo‘li va faoliyati hikoya qilinadi.

Rejissyor Jahongir Ahmedovning ta‘kidlashicha, tarixiy filmining jang sahnalari “Nomad Stan‘s” xalqaro kaskadyorlar jamoasi ishtirokida suratga olindi. Ushbu jamoa xalqaro kaskadyorlar akademiyasi mukofoti “Taurus” (kaskadyorlar Oskari) ga sazovor bo‘lgan.

“Jamoa ko‘plab Gollivud filmlarida jang sahnalarini qo‘yishda ishlagan bo‘lib, ularning so‘nggisi rejissyor va prodyuser Ridli Skotning „Napoleon“ filmi hisoblanadi”, deb yozadi rejissyor.

Filmda o‘zbek akterlari bilan birga Qozog‘iston, Qirg‘izistonlik kinoyulduzlar suratga tushishgan.

Film premyerasi Navro‘z bayrami arafasida bo‘lishi rejalashtirilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling