Toshkentda ilk IMAX kinoteatr ochilmoqda

E’lon qilingan sana· 515
Toshkentda ilk IMAX kinoteatr ochilmoqda

U Tashkent City Mall’dagi 14 zaldan iborat “Cinematica” kinoteatrida joylashgan.

29-fevral kuni Tashkent City Mall’da O‘zbekistonda birinchi IMAX zaliga ega yangi “Cinematica” kinoteatrining ochilishi bo‘lib o‘tadi.

Kinoteatr mamlakatdagi eng yangi va eng yirik savdo markazining 4-qavatida joylashgan. Kinoteatrning o‘zi IMAX zaliga qo‘shimcha ravishda ikki qavatli va 14 ta kinozalni o‘z ichiga olganligi bilan ajralib turadi.

IMAX zali 330 kishiga mo‘ljallangan. Ekranning kengligi 21 metr, balandligi 11,5 metrni tashkil etadi va bu boshqa kinozallarga qaraganda 2−3 barobar katta.

IMAX — bu kinoni yuqori sifatda ko‘rish imkonini beruvchi texnologiyalar kompleksi. Bu texnologiya tomoshabinlarni ekranga maksimal tarzda yaqin joylashishiga imkon beradi, buning hisobiga insoon ko‘zi ko‘rish maydoni ekran bilan to‘liq qoplanadi. IMAX’ning nomi ham aynan shundan kelib chiqqan. Ingliz tilidan Image Maximum, ya’ni “maksimal tavsir ma’nosini bildiradi.

Seanslar jadvali allaqachon Afisha.uz saytida mavjud.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ