“Kung Fu Panda 4” multfilmi barcha kinoteatrlarda o‘zbek tilida ham namoyish etiladi

E’lon qilingan sana· 64 742
“Kung Fu Panda 4” multfilmi barcha kinoteatrlarda o‘zbek tilida ham namoyish etiladi

O‘zbekistonning barcha kinoteatrlarida 7-martdan boshlab “Kung Fu Panda 4” multfilmi o‘zbek tilida ham namoyish etiladi.

Afsonaviy “Ajdarho jangchisi”, uning sodiq do‘stlari va ustozi sarguzashtlarining davomi bo‘lgan multfilm o‘zbek tiliga rasman tarjima va dublyaj qilingan. Premyera 7-mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Seanslar jadvalini bu yerdan topishingiz mumkin.

“Kung Fu Panda 4” haqida

“Universal Pictures” va “Dream Works Animation” tomonidan ishlangan “Kung Fu Panda 4” multfilmining yangi treyleri e’lon qilingan. Mashhur franshiza multkartinaning to‘rtinchisida Jek Blek yana Po obraziga qaytgan.

Ajdaho jangchisi Po o‘zining tengsiz jasorati va aqldan ozdiruvchi jang san’ati mahorati bilan jahon miqyosidagi yovuz odamlarni mag‘lub etgan o‘limga teng uchta sarguzashtdan so‘ng, taqdir tomonidan… dam olishga chaqiriladi. Aniqrog‘i, u Tinchlik vodiysining Ruhiy yetakchisi bo‘lishga taklif qilinadi.

Bu bir nechta muammo keltirib chiqaradi. Birinchidan, Po paleo dietasi haqida hech narsa bilmagani kabi, ruhiy yetakchilik haqida ham hech nima bilmaydi, ikkinchidan, u o‘zining yangi yuksak mavqeini egallashidan oldin tezda yangi Ajdarho jangisini topishi va o‘rgatishi kerak.

Treyler

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ