O‘zbekiston xalq artisti Hamza Umarov haqida hujjatli film suratga olindi

E’lon qilingan sana· 302
O‘zbekiston xalq artisti Hamza Umarov haqida hujjatli film suratga olindi

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan O‘zbekiston Milliy kinofondi tomonidan Oʻzbekiston xalq artisti Hamza Umarov hayoti va ijodiga bag‘ishlangan hujjatli film suratga olindi. Bu haqda Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi axborot xizmati xabar berdi.

Film ssenariy muallifi Nigora Karimova va Lobar Qobilova, rejissyor Eljon Abbasov, operator Rahmatilla Yoqubov.

Hamza Umarov “O‘tkan kunlar”, “Mahallada duv-duv gap”, “Chinor ostidagi duel”, “Ali bobo va qirq qaroqchi” kabi filmlardagi rollari bilan mashhur hisoblanadi. Shuningdek, aktyor dublyaj sohasida ham oʻz oʻrniga ega boʻlgan.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ