Kultga aylangan iqtiboslar, Frenk Sinatraning qarshiligi, mafia aktyorlari. "Choʻqintirgan ota" filmiga 52 yil toʻldi

E’lon qilingan sana· 2 184
Kultga aylangan iqtiboslar, Frenk Sinatraning qarshiligi, mafia aktyorlari. "Choʻqintirgan ota" filmiga 52 yil toʻldi

Bugun Mario Pyuzo asari asosida rejissyor Frensis Ford Koppola tomonidan suratga olingan “Choʻqintirgan ota” filmi premyera qilinganiga 52 yil toʻldi. 1972-yil 15-mart kuni katta ekranlarga chiqarilgan kinokartina amerikadagi italyan mafia oilasi haqida hikoya qiladi. Film koʻplab reytinglarda yuqori oʻrinlarni egallab turadi. Shu kungacha kino haqida koʻplab tahlillar yozilgan. Ularda rejissyor ishi, syujetning qiziqarli ekani, aktyorlar mahorati, saundtreklar takror-takror maqtalgan.

Bugungi maqolada esa film atrofidagi ba’zi voqealar, uning ta’siri va kinokartinaga (mafiadan boshqa) kim qarshi boʻlgani haqida soʻz boradi.

Italyancha soʻzlar va kultga aylangan iqtiboslar

“Choʻqintirgan ota” trilogiyasi tufayli ba’zi italyancha soʻzlar, masalan, “consigliere” (konselyere, mafiyadagi yetakchilik pozitsiyasi), “capo” (kapo, mafiya boshligʻi) va “omerta” (omerta — mafiyaning “sharaf kodi”) amerikancha ingliz tiliga kirib kelgan.

Shuningdek, filmdagi koʻplab iqtiboslar kultga aylangan. Film haqida eslanganda birinchi boʻlib yodga “Red etib boʻlmaydigan taklif” yoki “Hurmatsizlik bilan soʻrayapsan” jumlalari tushadi.

Bundan tashqari “Do‘stlaringizni yaqinroq, dushmanlaringizni esa yanada yaqinroq tuting”, “Men zo‘ravonlikni yoqtirmayman. Men biznesmenman. Zoʻravonlik qimmatga tushadi”, “Ortiqcha narsa yoʻq. Bu shunchaki biznes” va hokazo kabi iqtiboslar ham odamlar leksikoniga singib ketgan.

Frank Sinatraning qarshiligi

Filmga ashaddiy ravishda qarshi boʻlgan odamlardan biri bu qoʻshiqchi Frenk Sinatra boʻlgan. Film qahramoni Jonni Fonteyn obrazi yaratilishiga aynan Frenk Sinatra prototip qilib olingan deb ishoniladi.

Qoʻshiqchi Los-Anjelesdagi mashhur Chasen’s restoranida asar muallifi Mario Pyuzo uchrashib qoladi. Sinatrani oʻziga kumir deb bilgan Pyuzo avtograf soʻrashga jur’at etadi. Shundan soʻng Sinatra tom ma’noda portlaydi. Pyuzoni eng hayratga solgan narsa shunda ediki, xonanda umuman soʻkinmagan. U yozuvchining oyoqlari va qovurgʻalarini sindirish bilan tahdid qilgan.

“Bu hatto menga yoqdi ham. Hech qachon qizlar bilan muloqot qilishda yaxshi boʻlmaganman”, — deb yozgan Pyuzo oʻz tarjimai holida. Sinatra bilan tanishuv Pyuzo qo‘shiqchining haqoratlari ostida restorandan qochib ketishi bilan yakunlangan.

Mafia a’zolasining roli

Koʻplab ikkinchi darajali aktyorlar filmga qatnashishga umid qilib, oʻzlarining jinoiy aloqalari haqida hikoyalar toʻqishgan. Ammo filmda haqiqiy mafia a’zolari ham rol ijro etgan. Masalan, suratga olish ishlari qizgʻin davom etayotgan paytda ham Luka Brazi roli boʻsh qolgandi.

Suratga olish maydonchasiga mafiya boshliqlari tashrif buyuradi. Ulardan biri sobiq restler Lenni Montano ismli tansoqchi bilan kelgan edi. Koppola darhol unga Luka rolini beradi. Ammo u kamera oldida shunchalik asabiylashgan ediki, kun boʻyi choʻqintirgan otaning xonasidagi suhbat sahnasidan birorta ham yaxshi dubl suratga olinmagan. Ushbu kadrlarni ekranda ham koʻrish mumkin: Koppola ularni shunday montaj qilgan-ki, Montananing yomon ijrosi uning qahramoni uchrashuv oldidan nutqini mashq qilayotganga oʻxshagan.

Film restavratsiyasi

“Cho‘qintirgan ota” filmi premyera qilinganining 50 yilligi munosabati bilan 2022-yil 24-fevral kuni cheklangan miqdorda prokatga chiqariladi. Bungacha trilogiyaning barcha qismlari uch yil davomida rejissyorning oʻzi rahbarligida Paramount studiyasi va Koppolaning American Zoetrope prodyuserlik kompaniyasi tomonidan restavratsiya qilingandi.

Azimbek Xushmamatov
Muallif
Azimbek Xushmamatov
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ