Yuriy Nikulin obrazi katta ekranlarga qaytadi

E’lon qilingan sana· 783
Yuriy Nikulin obrazi katta ekranlarga qaytadi

“Манюня: Приключения в Москве” filmi prodyuseri Gevond Andreasyanning ta’kidlashicha, filmda Yuriy Nikulin obrazi koʻrinish beradi. Aktyor katta ekranga neyrotarmoq texnologiyalari orqali qaytariladi.

Film syujeti 1980-yillarning boshlari haqida hikoya qiladi va Yuriy Nikulin obrazi asosiy qahramonlardan biriga aylanadi. Film mualliflari Nikulinning oilasi bilan aloqaga chiqib, uning obrazidan foydalanish boʻyicha ruxsat olgan. Lekin aktyor faqatgina filmning oʻzida koʻrinish beradi, reklama kampaniyasida uning suratlaridan foydalanilmaydi. Ma’lum qilinishicha, marhum aktyorning tashqi koʻrinishi va ovozini qayta tiklash ishlari uchun sakkiz oyga yaqin vaqt ketgan.

Film premyerasi 30-may kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Bosh rollardan birini komik Yevgeniy Petrosyan ijro etadi. Sarik Andreasyan va Gevond Andreasyan loyiha prodyuseri boʻlsa, Denis Gulyar rejissyor hisoblanadi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ