"Doʻstlar"dan "Silikon vodiysi"gacha. Sitkom janridagi 7 ta mashhur serial

E’lon qilingan sana· 870
"Doʻstlar"dan "Silikon vodiysi"gacha. Sitkom janridagi 7 ta mashhur serial

Hozirgi kunda AQShda ishlanayotgan seriallar odatda 8−10 qismdan iborat boʻlmoqda. Qisqalik seriallar uchun modaga aylanib boʻlgan. Ammo 2000-yillarning boshida sitkom janri ommalashgan boʻlib, unda koʻplab qismli seriallar yaratilgan. Agar siz uzoq vaqt davomida tomosha qilish uchun serial qidirayotgan boʻlsangiz Afisha.uz eng yaxshi va mashhur 7 ta sitkomni bir yerga jamladi.

“Sitcom” soʻzi ingliz tilidagi “situation” va “comedy” soʻzlarining birlashishidan kelib chiqqan boʻlib, seriallar janri hisoblanadi hamda vaziyatga bogʻliq hazillar ustiga quriladi. Serialda asosiy qahramonlar va joylar muhim oʻrin tutadi.

“Doʻstlar” (Friends)

Mavsumlar soni — 10 ta.

Olti nafar doʻst — Reychel, Monika, Fibi, Joi, Chendler va Ross deyarli barcha boʻsh vaqtini birga oʻtkazadi. Ular ishda va shaxsiy masalalarda bir-birlarini qoʻllab-quvvatlaydi, sevadi va muntazam ravishda bir-birining ustidan kuladi.

“Doʻstlar” Amerikaning eng mashhur sitkomi hisoblanadi. Serialning mashhur boʻlishiga asosiy sabab har bir tomoshabin personajlardan birida oʻzini koʻradi. Ularning hammaga tanish boʻlgan holatlarga tushib qolishi qiziqishni oshiradi.

“Ofis” (The Office)

Mavsumlar soni — 9 ta.

Ushbu serialning qahramonlari qogʻoz mahsulotlarini yetkazib beruvchi “Dunder Mifflin” kompaniyasida ishlaydi. Ularni doim yomon hazillar qiladigan zolim va jirkanch xoʻjayin Maykl Skott boshqaradi.

Serial Riki Jervays tomonidan yaratilgan xuddi shu nomdagi Britaniya loyihasi asoslangan. Ammo vaqt oʻtishi bilan remeyk asl nusxasidan koʻra mashhurroq boʻldi. Ushbu versiyada yengilroq hazillar va maftunkor personajlar mavjud.

“Onangni qanday uchratganman” (How I Met Your Mother)

Mavsumlar soni — 9 ta.

Serial davomida bosh qahramon Ted bolalariga ularning onasi bilan qanday tanishganini aytib beradi. U oʻz hikoyasini ancha oldinroqdan, doʻsti Marshall sevgilisiga turmush qurishni taklif qilish istagida boʻlgan paytdan boshlaydi. Tedning oʻziga qiz topishga esa Barni ismli qahramon yordam beradi.

Ko‘plab muxlislarning fikricha, “Onangni qanday uchratganman” seriali sakkizinchi mavsumdan keyin tugashi kerak edi. Ammo sitkom juda yuqori reytingga ega boʻlganligi sababli, yana bir mavsumga uzaytirilgan.

“Klinika” (Scrubs)

Mavsumlar soni — 9 ta.

Pozitiv, ammo biroz sodda Jey Di eng yaqin doʻsti Kris Turk bilan birga klinikada ishlay boshlaydi. Ilk kunlarda ular iste’dodli, istehzo qilishni yoqtiradigan Doktor Koks va yovuz xoʻjayin Kelso bilan uchrashadi. Shuningdek, ular oʻz kasbining barcha qiyinchiliklarini oʻrganadi.

“Klinika” komediya va dramaning gʻayrioddiy kombinatsiyasi bilan tomoshabinlarni hayratda qoldirgan. Serialda kiyimlar va ahmoqona hazillar ustiga qurilgan koʻplab kulgili sketchlar mavjud. Ammo jiddiy va hayotiy vaziyatlar ham yetarlicha.

“Silikon vodiysi” (Silicon Valley)

Mavsumlar soni — 6 ta.

Bir qancha iqtidorli dasturchilar internetdan foydalanish uslubimizni oʻzgartiradigan yangi algoritmni oʻylab topmoqda. Lekin avvalo ular oʻz ixtirosini sotishi kerak. Bu esa oson ish emas.

“Silikon vodiysi” avvaliga “Katta portlash nazariyasi” serialini eslatib yuboradi. Ammo serial juda tezlik bilan nozik ijtimoiy mavzular haqida soʻzlashni boshlaydi. Masalan, biznes qilishdan tortib hamkasblar bilan munosabatlargacha.

“Jamiyat” (Community)

Mavsumlar soni — 6 ta.

“Grindl” jamoat kolledji yetti nafar butunlay boshqa-boshqa odamlarni birlashtiradi. Takabbur sobiq advokat, yolgʻiz ona, hazilkash falastinlik va boshqa yorqin shaxslar shular jumlasidan. Avvaliga ular kelisha olmaydi, lekin qahramonlarning umumiy jihatlari koʻpayib boradi.

“Jamiyat” seriali “Rik va Morty” multseriali mualliflaridan biri Den Harmon tomonidan yaratilgan. Multfilm kabi bu serialda ham mashhur filmlarga juda koʻp belgilar mavjud. Ba’zida juda noodatiy epizodlar ham paydo boʻladi.

“Oshxona” (Кухня)

Mavsumlar soni — 5 ta.

“Oshxona” seriali “Klod Mone” va keyinchalik “Viktor” nomli fransuz restoranlarida ishlaydigan oshpazlar va ofitsiantlar faoliyati haqida hikoya qiladi. Ularga katta tajribaga ega, ammo qattiqqoʻl Viktor Barinov xoʻjayinlik qiladi.

Odatda Rossiya seriallari omadli chiqmaydi. Ammo “Oshxona” haqida bunday fikr bildirib boʻlmaydi. Serial nafaqat suratga olingan mamlakatda, balki koʻplab boshqa davlatlarda ham mashhur boʻlgan.

Azimbek Xushmamatov
Muallif
Azimbek Xushmamatov
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ