"Jannat onalar oyogʻi ostida" filmi Toshkentdagi namoyishlardan bir haftada 1 mlrd soʻmdan ortiq daromad koʻrdi

E’lon qilingan sana· 4 982
"Jannat onalar oyogʻi ostida" filmi Toshkentdagi namoyishlardan bir haftada 1 mlrd soʻmdan ortiq daromad koʻrdi

Qirgʻizistonlik rejissyor Ruslan Akunning “Jannat onalar oyogʻi ostida” filmi Toshkentdagi premeyeradan soʻng bir hafta ichida 1,3 mlrd soʻm mablag' yigʻdi. Bu haqda filmning Oʻzbekistondagi rasmiy hamkori sanalgan “iTV” xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, 11-apreldan premyerasi boshlangan film 7 ta kinoteatrda har kuni 50 ta seans namoyish etilgan va shu tariqa 7 kun ichida 1 308 647 350 soʻm daromad keltirgan.

Mazkur film Qozogʻistondagi namoyishlardan 4 kun ichida 1 mln dollar yigʻib, kinoijaradagi “Dyuna 2” kabi Gollivud xitini ortda qoldirgan.

Avvalroq Afisha.uz muharriri ushbu filmga taqriz yozgandi: “Jannat onalar oyogʻi ostida” nega bunchalik mashhur boʻldi?

Eslatib oʻtamiz, poytaxt kinoteatrlarida “Jannat onalar oyogʻi ostida” filmi namoyishlari davom etmoqda. Mazkur kino seanslari jadvalini Afisha.uz sayti orqali koʻrishingiz va “Magic Cinema”, “Yulduz Cinema” va “Compass Cinema” kinoteatrlariga chiptalarni toʻgʻridan-toʻgʻri xarid qilishingiz mumkin.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ