May oyida Oʻzbekiston kinoteatrlarida nimalarni tomosha qilish mumkin?

E’lon qilingan sana· 1 006
May oyida Oʻzbekiston kinoteatrlarida nimalarni tomosha qilish mumkin?

Bahorning soʻnggi oyi koʻplab uzoq kutilgan bloklbasterlarni sovgʻa qiladi: “Telba Maks” va “Maymunlar sayyorasi” kinofranshizalaridagi yangi premyeralardan Devid Litchning kaskadyorlik mahoratiga bag‘ishlangan filmigacha. Shuningdek, oy oxirida mashhur animening kutilmagan relizi ham bor.

“Каскадеры”

The Fall Guy
Janr: jangari, drama, komediya.
Premyera sanasi: 1-may.

Devid Litch binoda. “Dedpul” va “Jon Uik” kinoolamlarida faoliyat olib borgan rejissyor oʻzining 1980-yillardagi xuddi shu nomdagi teleserialiga asoslangan, kinodagi eng xavfli kasblardan biriga hurmat bajo keltiriladigan yangi loyihasini taqdim etadi. Bosh rollarda: Rayan Gosling va Emili Blant.

Sinopsis: hayoti izidan chiqqan kaskadyor Kolt oʻzining sobiq sevgilisi Jodining birinchi filmi — koʻp million dollarlik blokbasterni suratga olishda yordam berish uchun oʻz xohishiga zid ravishda eski kasbiga qaytadi. Vaziyat bosh roldagi aktyorning yoʻqolishi bilan yanada murakkablashdi.

“Всемирный потоп”

The End We Start From
Janr: drama, triller.
Premyera sanasi: 1-may.

Jodi Kommer ofatlar haqidagi eksperimental filmga qoʻl urdi. Unga bunda Joel Fray, Ketrin Uoterston, Benedikt Kamberbetch va Mark Stronglar yordam bergan. Tanqidchilarning yaxshi baholariga qaramay, tomoshabinlar filmni juda vazminlik bilan va ba’zi joylarda hatto oʻrtachadan past darajada qabul qildi.

Sinopsis: Bir necha oylardan beri yomgʻir yogʻmoqda, suv oʻz yoʻlidagi hamma narsani yoʻq qila boshladi va favqulodda holat e’lon qilindi. Dunyo falokat yoqasida turganida, yosh ona yangi tugʻilgan bolasi uchun xavfsiz joy topishga kirishadi.

Спящие псы

Sleeping Dogs
Janr: detektiv, triller, kriminal.
Premyera sanasi: 2-may.

“Кредо убийцы”, “Исход: Цари и боги” va soʻnggi “Дивергент” filmlarining ssenariy muallifi rejissyorlik tomon qadam qoʻydi va Rassell Krou hamda Karen Gillan (“Galaktika qoʻriqchilari"dagi Nebula) ishtirokida shubhali sifatga ega trillerni suratga oldi. Biroq har qanday film muhim ahamiyatga ega, shuning uchun kino, albatta, oʻz tomoshabinlarini topadi.

Sinopsis: Xotira yoʻqolishi tufayli davolangan sobiq qotillik tergovchisi kollej professorining shafqatsiz oʻldirilishi bilan bogʻliq oʻn yillik ishni qayta koʻrib chiqadi.

“Таро: Карта смерти”

Tarot
Janr: qoʻrqinchli.
Premyera sanasi: 2-may.

Bu qoʻrqinchli film Oʻzbekistonda butun dunyo bilan bir vaqtda premyera qilinmoqda, shuning uchun hech kim undan nima kutishni bilmaydi, lekin loyiha Nikolas Adamsning “Horrorskop” romaniga asoslangan. O‘rgimchak-odam filmidagi Ned ushbu filmda Jeykob Batalon rolini o‘ynagani ham e’tiborga molik.

Sinopsis: Bir guruh doʻstlar Taroda fol ochishning muqaddas qoidasini beparvolik bilan buzadi va oʻzlari bilmagan holda kartalar ichiga zindonband qilingan la’natlangan yovuzni ozodlikka chiqaradi. Ular birin-ketin taqdir bilan yuzma-yuz keladi va folbinlik orqali bashorat qilingan kelajakdan qochish uchun oʻlim bilan poygaga kirishadi.

“Планета обезьян: Новое царство”

Kingdom of the Planet of the Apes
Janr: fantastika, jangari.
Premyera sanasi: 9-may.

“Бегущий в лабиринте” trilogiyasi rejissyori Ues Bol olti yillik sukutdan so‘ng katta kinoga qaytmoqda. Bu safar unga “Maymunlar sayyorasi” olamiga ikkinchi hayot baxsh etish ishonib topshirilgan va agar u muvaffaqiyatga erishsa, biz keyingi trilogiyani ham kutamiz. Darvoqe, filmdagi asosiy rolni Freya Allan (Netflixning “Witcher” serialidagi Siri) ijro etgan.

Sinopsis: Sezar hukmronligidan keyin bir necha avlod almashdi. Maymunlar dominant tur boʻlib, uygʻunlikda yashaydil, odamlar esa soyada qolishga majbur. Zolim boʻlgan yangi maymunlar yetakchisi o‘z imperiyasini barpo etar ekan, bir yosh shimpanze sayohatga otlanadi, bu esa uni o‘tmish haqida bilgan hamma narsalaridan shubhalanishga va maymunlar hamda odamlarning kelajagini belgilovchi tanlov qilishga majbur boʻladi.

“Пацан против всех”

Boy Kills World
Janr: jangari.
Premyera sanasi: 16-may.

“Mankimen” filmidan uzoqlashishga ulgurmasimizdan qasos haqida yangi jangovar film premyera qilinmoqda. Biroq ijtimoiy drama va bir chimdim art-xaus oʻrniga saksoninchi yillarga xos boʻlgan jangovar film kutilmoqda.

Sinopsis: yigitning oilasi apokalipsisdan keyingi sulolaning boshligʻi Hilda Van Der Kuy tomonidan oʻldirilgan va uning oʻzi kar va soqov boʻlib qolgan. Bola oʻrmonga qochib ketadi, u yerda bir ustoz unga jang san’atini oʻrgatadi. Mashgʻulotlarni tugatgandan soʻng, telba dunyoda yolgʻiz qoladi va tez orada hukmron sulolani agʻdarish rejasini tuzayotgan guruhga qoʻshiladi.

“Воображаемые друзья”

IF
Janr: fentezi, drama, komediya, oilaviy.
Premyera sanasi: 16-may.

Bu Kali Fleming va Rayan Reynolds ishtirokidagi Jon Krasinskining yangi loyihasi. Dublyaj aktyorlari tarkibiga Mett Deymon, Emili Blant, Fibi Uoller-Brij, Avkvafina, Stiv Karell va rejissyorning o‘zi kiradi. Ammo biz ularni (tarjima sababli) eshita olmaymiz. Ammo bitta kinoteatr filmlarni asl dublyajda namoyish etishi mumkin.

Sinopsis: Bea xayoliy doʻstlarni — bir vaqtlar bolalar tomonidan tashlab ketilgan odamlar va mavjudotlarni koʻrish qobiliyatini kashf etadi. Bea katta yoshli qoʻshnisi ham xuddi shunday qobiliyatga ega ekanligini aniqlaydi.

“Шпион на всю голову”

Peter Five Eight
Janr: triller, drama, komediya.
Premyera sanasi: 16-may.

Koʻpchilik tomonidan bekor qilingan Kevin Spacey ikkinchi darajali filmlarda rol oʻynashda davom etmoqda. Toshkent xalqaro kinofestivali mehmoni bu safar oʻz filmi bilan mamlakat kinoteatrlariga “tashrif buyuradi”.

Sinopsis: Maxsus agent Pit nafaqaga chiqmoqchi, ammo uning oldidan soʻnggi ish chiqdi. Kichik shaharchada joylashgan xavfli jinoyatchilarni aniqlash va yoʻq qilish. Bunday professional uchun oson koʻrinadigan vazifa imkonsizga aylanadi.

“Гарфилд в кино”

The Garfield Movie
Janr: multfilm, fentezi, komediya, sarguzasht, oilaviy.
Premyera sanasi: 23-may.

Sariq yungli, lazanyani yoqtiruvchi mushuk katta kinoga qaytmoqda, faqat bu safar multfilm koʻrinishida. Garfild oʻzining kanonik shaklida koʻz oʻngimizda paydo boʻladi va biz bundan, albatta, xursandmiz. Ayniqsa, filmning rejissyori Mark Dindal “Похождения императора” va “Цыпленка Цыпы"da ishlagani, ssenariy muallifi Devid Reynolds esa “В поисках Немо” va “Мулан” multfilmlarida faoliyat koʻrsatgani qiziqishni yanada oshiradi.

Sinopsis: Koʻpdan beri yoʻqolgan otasi, xiyobondagi mushuk Vik bilan kutilmagan uchrashuvdan soʻng, Garfild oʻzining doʻsti Odi bilan birga ideal uy hayotini tark etishga va qiziqarli va xavfli sarguzashtga otlanishga majbur boʻladi.

“Фуриоса: Хроники Безумного Макса”

Furiosa: A Mad Max Saga
Janr: fantastika, jangari, triller, sarguzasht.
Premyera sanasi: 23-may.

Jorj Miller oldida ta’zim qilsa arziydi, chunki u uzoq sabr talab etilgan “Gʻazab yoʻli” filmidan keyin “Telba Maks” olamiga taalluqli boshqa filmlar suratga olmaslikka va’da bergandi. Ayni paytda men va’da bajarilmaganidan chin dildan xursandman, ayniqsa Anya Teylor-Joy va Kris Xemsvort bosh rollarni ijro etgan vaqtda.

Sinopsis: Dunyo parchalanib ketayotgan bir vaqtda, yosh Furiosa “Koʻp onalar uyi"dan tortib olinadi va jangchi Dementus boshchiligidagi baykerlar toʻdasi qoʻliga tushadi. Ikki zolim qal’a ustidan hukmronlik qilish uchun kurashayotgan va Furiosa vayronalar boʻylab uyiga qaytayotgan vaqtda koʻplab qiyinchiliklarga duch keladi.

“Майор Гром: Игра”

Janr: jangari, sarguzasht.
Premyera sanasi: 23-may.

Bubble Comics olami “Майор Гром” filmining yana bir ekranizatsiyasini sotib oldi. Bu uchun xursand boʻlsa arziydi. Chunki Tixon Jiznevskiy ijro etgan Igor Grom filmda yaxshi namoyish etiladi. Ular qaygʻuli xayrlashuvlar, koʻplab fan-servis va ajoyib ekshnni va’da qiladi.

Sinopsis: Politsiya mayori Igor Grom butun Sankt-Peterburgda oʻzining buzgʻunchi xarakteri va har xil turdagi jinoyatchilarga nisbatan murosasiz pozitsiyasi bilan mashhur. Ajablanarlisi kuch, analitik aql va halollik — bularning barchasi Mayor Gromni haqiqiy superqahramonga aylantiradi. Uning hayoti ideal: kunduzi u sherigi Dima Dubin bilan jinoyatchilarni ushlaydi, kechqurun esa jurnalist Yuliya Pchelkina bilan birga boʻladi. Bu hayot shaharda oʻzini Fantom deb ataydigan sirli yovuz odamning paydo boʻlishi bilan toʻxtaydi. U Mayorni xavfli oʻyin oʻynashga taklif qiladi, bunda oddiy odamlarning hayoti xavf ostida qoladi.

“Волейбол! Решающая битва на мусорной свалке”

Gekijoban Haikyu! Gomi Suteba no Kessen
Janr: multfilm, drama, komediya, sport.
Premyera sanasi: 30-may.

Ha, yigitlar, anime? Bu safar koʻpchilikning sevimlisi “Voleybol!”. Men bu olamni deyarli tushunmayman, lekin bu kabi Yaponiyadan kelgan animatsion mehmonlar uchun xursand boʻlsa arziydi.

Sinopsis: Bahorgi Milliy turnir davom etmoqda, unda Karasuno maktabi Nekoma maktabidagi raqiblari bilan toʻqnash keladi, shuningdek, bu “Axlatxona jangi” deb ham ataladi. Oʻyin ikki autsayder jamoaning uzoq kutilgan soʻnggi qarama-qarshiligi boʻladi.

“Незнакомцы: Начало”

The Strangers: Chapter 1
Janr: qoʻrqinchli.
Premyera sanasi: 30-may.

Bu oyning eng koʻp narsa kutilayotgan filmlaridan biri, chunki kinoni “Охотников за разумом” va “Тайны перевала Дятлова” kinokartinalari rejissyori suratga olgan. Shuningdek, treyler ham yomon koʻrinmayabdi.

Sinopsis: Maya va Rayan besh yillik yubileylarini nishonlashga qaror qildi, lekin bu oxirgisi boʻlishi mumkin. Ular yuk mashinasida mamlakat boʻylab sayohat qilib, kichik shaharchada majburan toʻxtashadi. Bu yerda mahalliy aholi, hatto bolalar ham ularni katta qiziqish bilan kutib olishadi. Er-xotin bu gʻalati joyda qolishni xohlamaydi, lekin ular qoʻgʻirchoq niqoblilar tez orada bostirib kiradigan uyda tunashga majbur boʻladi.

“Винни-Пух: Кровь и мед 2”

Winnie-the-Pooh: Blood and Honey 2
Janr: qoʻrqinchli.
Film premyerasi: 30-may.

Barcha ahmoqliklar va arzonliklarga qaramay, birinchi qism kassa toʻpladi va ikkinchi film ham bizni uzoq kuttirmadi. Bu safar byudjet ortdi, chunki Yoʻlbarsvoy va Ukkivoy Vinni va Puchuqvoy safiga qoʻshildi.

Sinopsis: Vinni Puh va Puchuqvoy endi Yuzakr oʻrmonida ov qilishni davom ettira olmaydi. Ularning borligini dunyoga oshkor qilgan Kristofer Robinning navbatdagi xiyonati nafaqat uyiga, balki hayotiga ham tahdid soladi. Ammo hayvonlar endi soyada yashirinishni xohlamaydi va doʻstlari Ukkivoy hamda Yoʻlbarsvoy bilan birga shaharga oʻzlarining qonli tartiblarini oʻrnatish uchun yoʻl oladi.

Roman Knishev
Muallif
Roman Knishev
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ