Javohir Zokirov asosiy yovuz qahramon: «Біздің жігіттер. Афган» filmi premyera qilinadi

E’lon qilingan sana· 2 256
Javohir Zokirov asosiy yovuz qahramon: «Біздің жігіттер. Афган» filmi premyera qilinadi

9-maydan boshlab Qozogʻistonning “Біздің жігіттер. Афган” filmi Oʻzbekiston kinoteatrlarida premyera qilinadi. Ushbu kinoda oʻzbekistonlik aktyorlar, xususan, Javohir Zokirov va Tohir Saidovlar ham rol ijro etgan. Zokirov bosh antagonist boʻladi.

Afgʻonistondan Qozogʻistonga katta miqdordagi narkotik moddalar kirib keladi. Buning oldini olish uchun maxsus guruh tuziladi. Vazirlik u yerga razvedkachi Oraz va uning Afgʻonistondagi urushda qatnashgan va mamlakatni yaxshi biladigan ikki doʻstini yuborishga qaror qiladi. Uch nafar faxriyga “keksalardan” nafratlanadigan yosh razvedkachi qoʻshiladi. Ikki avlod oʻrtasidagi ziddiyatga qaramay, ular giyohvandlik muammosini hal qilishlari kerak.

Film janri ekshn-komediya hisoblanadi. Postanovkachi rejissyor — Yerasil Baybolov. Kino Turkiya va Qozogʻistonda suratga olingan. Javohir Zokirov asosiy yovuz qahramon rolini ijro etadi.

Treyler

“Біздің жігіттер. Афган” filmi Oʻzbekistonda 9-maydan boshlab kinoteatrlarda premyera qilinadi. Film seanslari jadvali bilan ushbu havola orqali tanishishingiz va chiptalar xarid qilishingiz mumkin.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ