2024-yil may oyida uyda qanday filmlar koʻrish mumkin?

E’lon qilingan sana· 552
2024-yil may oyida uyda qanday filmlar koʻrish mumkin?

Trillerlar, komediyalar, bayopiklar, multfilmlar, ilmiy-fantastik, jangovar filmlar, Barak Obama studiyasidan serial, Garri Staylz haqidagi kitoblar va fanfiklar asosida olingan kinokartina va “Bridjertonlar”, nihoyat! Premyeralar soni kam boʻlishiga qaramay, may oyi barchani xursand qilishga harakat qiladi.

Filmlar

“Мысль о тебе”

The Idea of You
Janr: drama, melodrama.
Premyera sanasi: 2-may kuni Prime Video platformasida.

Garri Staylsga bagʻishlangan fanfik asosida suratga olingan filmni orzu qilganmisiz? Unda qabul qilib oling. Asosiy rollarni goʻzal Enn Xeteuey va Nikolay Golitsin ijro etgan.

Sinopsis: film 24 yoshli qoʻshiqchini sevib qolgan 40 yoshli yolgʻiz ona haqida hikoya qiladi. Tanqidchilarning fikriga koʻra, kinokartinada romantika va hazillar koʻp. Hikoya bir qarashda koʻzga tashlanganidek yuzaki emas: bu nafaqat yoshi, balki ijtimoiy mavqei (yigit super yulduz, ayol esa kichik san’at galereyasining egasi) boʻyicha ham teng boʻlmagan insonlarni koʻrsatadi. Shuningdek, erkin boʻlish va oʻzgarishlarni qabul qilish hamda ulardan zavqlanish qobiliyatini namoyish etadi.

“Без глазури: История “Поп-Тартс”

Unfrosted: The Pop-Tart Story
Janr: komediya, biografiya, tarixiy.
Premyera sanasi: 3-may kuni Netflix platformasida.

Film stendap komik Jerri Seynfildning rejissyorlik debyuti hisoblanadi. Loyihada bosh rollarni Xyu Grant, Jeyms Marsden, Melissa Makkarti, Emi Shumer, Kristian Sleyter va Seynfeldning o‘zi ijro etgan.

Sinopsis: Michigan, 1963-yil. Amerikaning ikkita oziq-ovqat kompaniyasi, muzlatilgan nonushta taomlari bozorini egallashni maqsad qilgan Kelloggʻs va Post Consumer Brands tosterda pishirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish huquqini birinchi boʻlib qoʻlga kiritish uchun tender urushini boshlaydi.

“Атлас”

Atlas
Janr: fantastika, jangari, drama.
Premyera sanasi: 24-may kuni Netflix platformasida.

Bizda yana Jey Lo va Netflix. Rejissor Bred Peytonning so‘zlariga ko‘ra, u Titanfall video o‘yini, shuningdek, “Чужой”, “Аватар” va Zemekisning “Изгой” filmlaridan ilhomlangan.

Sinopsis: Atlar Shepard ajoyib, ammo insonlarni yomon koʻradigan va sun’iy intellektga nisbatan katta ishonchsizlik bildirayotgan ma’lumotlar tahlilchisi. Sirli ravishda umumiy oʻtmishga ega boʻlgan robotni qoʻlga olish missiyasiga qoʻshiladi. Rejalar barbod boʻlganda, uning insoniyat kelajagini qutqarish uchun yagona umid SIga ishonish edi.

Seriallar

“Шардлейк”

Shardlake
Janr: triller, drama, detektiv, tarixiy.
Premyera sanasi: 1-may kuni Hulu platformasida.

Serial K.J.Sansomning “Shardleyk” tarixiy detektivlariga asoslangan boʻlib, voqealar XVI asrda Genrix VIII hukmronligi davrida boʻlib oʻtadi.

Sinopsis: Tudor monastirlarini tarqatib yuborish paytida Tomas Kromvel Metyu Shardleykni uzoq Skarnsi shahridagi komissarning oʻlimini tekshirish uchun yuboradi.

“Мужчина в полный рост” (mini-serial)

A Man in Full
Janr: drama.
Premyera sanasi: 2-may kuni Netflix platformasida.

Tom Vulfning xuddi shu nomdagi romani 1990-yillar uchun eng muhim boʻlgan asarlardan biri hisoblanadi va u asosida mini-serial suratga olindi. Shouranner sifatida “Большой маленькой лжи” seriali bilan tanilgan Devid E. Kelli ish olib bordi.

Sinopsis: Atlanta koʻchmas mulk magnati Charli Kroker toʻsatdan bankrotlikka duch keldi, siyosiy va biznes manfaatlari toʻqnashadi va Charli oʻz imperiyasini uning qulashidan foyda koʻrishi mumkin boʻlgan odamlardan himoya qiladi.

“Темная материя”

Dark Matter
Janr: fantastika, triller, drama.
Premyera sanasi: 8-may kuni Apple TV+ platformasida.

Bu Bleyk Krauchning shu nomdagi jahon bestselleriga aylangan ilmiy-fantastik trilleri asosida suratga olingan serial. Bosh rollarda Jennifer Konnelli va Joel Edgerton.

Sinopsis: Fizik Jeyson Dessen oʻzini boshqa olamda koʻradi. Oilasiga qaytish uchun u bir nechta parallel olamlarni kesib oʻtishi kerak.

“Бодкин”

Bodkin
Janr: triller, drama, komediya.
Premyera sanasi: 9-may kuni Netflix platformasida.

Bu Barak Obamaning Higher Ground Productions studiyasi tomonidan ishlangan serial. AQSh sobiq prezidentining studiyasi bizga irlandlar haqidagi komediyani taqdim etadi.

Sinopsis: podkastchilar uch kishining sirli tarzda gʻoyib boʻlganini tekshirish uchun Irlandiyada joylashgan qirgʻoq boʻyidagi shaharchaga kelishadi. Amerikalik Gilbert sayohatdan mamnun: u hamma narsani pushti rangda koʻradi va bir vaqtning oʻzida irlandiyalik ajdodlarini topishga umid qiladi. Ammo uning sherigi, dublinlik jurnalist Dov, uning atrofida qandaydir yomon ishlar sodir boʻlayotganini payqaydi.

“Большая сигара” (mini-serial)

The Big Cigar
Janr: triller, drama, biografiya.
Premyera sanasi: 17-may kuni Apple TV+ platformasida.

“Qora panteralar” asoschilaridan biri Xyui Nyuton haqida biror narsa eshitganmisiz? Biz ham eshitmaganmiz va Apple esa oʻzining yangi mini-serialida ushbu hikoya bilan tanishishga chorlaydi. Bosh rollarni Andre Holland va Alessandro Nivola ijro etgan.

Sinopsis: Baptist ruhoniyning oʻgʻli oʻqish paytida soʻlchi radikal qarashlarga ega Bobbi Sil bilan uchrashadi. Ular birgalikda qora tanli gettolarda “qurol bilan oʻz-oʻzini himoya qilish” gʻoyasini ilgari suradi va “Qora Panteralar” partiyasiga asos soladi. Razvedka xizmatlari qotillikni xavfli siyosiy faolga bogʻlamoqchi, shuning uchun bir nechta Gollivud prodyuseri Nyutonni Kubaga olib ketishga qaror qilib, operatsiyani filmni keng miqyosda suratga olish bilan niqoblanadi.

“Эрик” (mini-serial)

Eric
Janr: triller, drama, kriminal.
Premyera sanasi: 30-may kuni Netflix platformasida.

Benediktus Kandibober soʻnggi paytlarda gʻoyib boʻlib qolgandek edi. Ammo britaniyalik aktyor o‘zi bosh rolni o‘ynagan real voqealarga asoslangan yangi mini-serial bilan qaytmoqda. Afsuski, treyler hali e’lon qilinmagan.

Sinopsis: 1980-yillar, Nyu-York. Qo‘g‘irchoqboz va mashhur teleko‘rsatuv yaratuvchisi Vinsent o‘g‘lidan ayrildi. Politsiya bunga katta e’tibor qaratmayapti. Qahramon noqonuniy moddalar yordamida ogʻriqdan xalos boʻladi. Vinsent navbatdagi safari chog‘ida karavot ostida yashovchi yirtqich chizgan bolalar rasmlarini topadi va ulardan Erikning ikki metrli qo‘g‘irchog‘ini yaratadi.


Seriallarning davomi

“Хитрости”, 3-mavsum, 2-maydan МАХ platformasida;

“Звездные войны: Сказания об Империи”, 2-mavsum, 4-maydan Disney+ platformasida;

“Кровь Зевса”, 2-mavsum, 9-maydan Netflix platformasida;

“Доктор Кто”, 14-mavsum, 10-maydan Disney+ platformasida;

“Интервью с вампиром”, 2-mavsum, 12-maydan АМС+ platformasida;

“Бриджертоны”, 3-mavsum, 13-maydan Netflix platformasida;

“Детство Шелдона”, 7-mavsum (final), 16-maydan CBS platformasida.

Roman Knishev
Muallif
Roman Knishev
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ