“Yor-Yor” filmi yangi talqinda suratga olinadi

E’lon qilingan sana· 202
“Yor-Yor” filmi yangi talqinda suratga olinadi

Ssenariy muallifi va rejissyor Ali Hamroyevning “Yor-yor” filmi suratga olinganiga 60 yil toʻlgani munosabati bilan kinokartina yangicha talqinda suratga olinadi. Bu haqda Kinematografiya agentligi axborot xizmat xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, film sinopsisi Kinematografiya agentligi Badiiy kengashi tomonidan ko‘rib chiqilib, taklif va mulohazalar bildirilgan. Unga ko‘ra, voqealar rivoji 1964-yilda suratga olingan “Yor-yor” bilan deyarli bir xil.

“Birgina farqi yangi “Yor-yor"da voqealar Yangi O‘zbekiston davrida bo‘lib o‘tadi”, — deyiladi xabarda.

Ma’lumotlarga koʻra, film bosh qahramonlaridan biri — “Ota” obrazini O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Farhod Abdullayev gavdalantiradi. Hozirda boshqa qahramonlar uchun kasting jarayonlari davom etmoqda.

“Qahramonimiz Baxtiyor — orkestrda ishlaydigan yosh yigit. Uning jamoasiga qo‘shiqchi qiz kerak. U televizorda Zulfiyani ko‘rib qoladi. Ijtimoiy tarmoqlarda uning Buxoroda ekanligini bilib, u bilan uchrashishga qaror qiladi. Baxtiyorning otasi o‘g‘liga o‘sha qizni olib berish uchun u bilan birga yo‘lga chiqishini aytadi. Voqealar shu bilan boshlanadi.

Bugun atrofimizda nimalar bo‘layotgan bo‘lsa, filmda ham shular tasvirlanadi. Maqsad — bugungi kunimiz haqida 50 yildan keyin ham odamlar bilishi kerak", — deydi Ali Hamroyev.

Rejissyorning so‘zlariga ko‘ra, film shu yilning dekabr oylarida tayyor bo‘ladi va 2025-yilgi Navro‘z bayramida katta ekranlarga chiqishi rejalashtirilgan.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ