Qirgʻizistonda Oʻzbek kinosi kunlari oʻtkaziladi

E’lon qilingan sana· 521
Qirgʻizistonda Oʻzbek kinosi kunlari oʻtkaziladi

15−17-may kunlari Qirgʻizistonning Bishkek shahrida “Oʻzbek kinosi kunlari” tadbirlari boʻlib oʻtadi, deya xabar beradi Kinematografiya agentligi axborot xizmati.

Aksiya doirasida Bishkekning “Rossiya” kinoteatrida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan “Sabot”, “Oʻzbek qizi”, “Abdulla Oripov” filmlari namoyish etiladi.

Shuningdek, Kinematografiya agentligi direktori oʻrinbosari Alisher Xoʻjayev, Oʻzbekiston kinoarboblari uyushmasi raisi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Matyoqub Matchonov, rejissyorlar Rashid Malikov, Elyor Ishmuhammedov, taniqli aktrisalar Nigora Karimboyeva va Feruza Saidovalardan iborat Oʻzbekiston delegatsiyasi Qirg‘iziston Respublikasi Madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vazirligi rahbari bilan uchrashuv oʻtkazishi rejalashtirilgan.

“Dastur yakunida esa delegatsiyaning „Ak-Ilbirs“ Milliy kino mukofotini topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosimda ishtirok etishi koʻzda tutilgan”, deyiladi xabarda.