Yangi "Kalmar oʻyini" dekabr oyida chiqariladi

E’lon qilingan sana· 155
Yangi "Kalmar oʻyini" dekabr oyida chiqariladi

“Kalmar oʻyini” yulduzi Li Jon-Je katta qiziqishga sabab boʻlgan serialning davomini qachon chiqishi mumkinligini aytdi. Unga koʻra, ikkinchi fasl 2024-yilning dekabr oyida premyera qilinadi.

“Dekabr oyida chiqariladi”, — dedi aktyor Business Insider nashriga bergan intervyusida.

Netflix ushbu intervyuga izoh bermadi. Jon-Je serial syujeti haqida gapirishdan bosh tortdi. Serialdagi roli uchun aktyor Emmi mukofotini qoʻlga kiritgandi.

“Kalmar oʻyini” 2021-yilda Netflix platformasida premyera qilingan va striming tarixidagi eng mashhur loyihaga aylangandi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ