Kann kinofestivalida O‘zbekiston milliy pavilyoni ochildi

E’lon qilingan sana· 198
Kann kinofestivalida O‘zbekiston milliy pavilyoni ochildi

Fransiyada 77-Xalqaro Kann kinofestivali bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston milliy pavilyoni ham ish olib bormoqda, deya xabar bermoqda Kinematografiya agentligi axborot xizmati.

Qayd etilishicha, Madaniyat vazirligi, Kinematografiya agentligi, Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi masʼul vakillaridan iborat o‘zbek delegatsiyasi xorijlik kino mutaxassislari va ixlosmandlarini yangi milliy kino mahsulotlari bilan tanishtirmoqda.

O‘zbek pavilyonida ayni kunlarda “Faridaning ikki ming qo‘shig‘i”, “101-reys”, “Yakshanba”, “Pandemiya”, “Evrilish”, “Ilhaq” badiiy filmlari hamda “Ulug‘ Amir va donna Mariya”, “Bahodir Yalangto‘sh” kabi yangi kinokartinalarning Kann kinofestivali mehmonlari uchun taqdimoti o‘tkazilmoqda.

“O‘zbekiston Kann kinofestivalda qatnashmagan, so‘nggi yillardan qatnasha boshladi. Prezidentimiz tomonidan kino sohasida shu kabi ko‘plab muhim tashabbuslar ilgari surilmoqda. Mana shu islohotlar natijasida Yangi O‘zbekistonda yangi kino sanʼatiga bo‘lgan eʼtibor juda yuqori. Aynan o‘zbek pavilyonining Kann kinofestivalida ochilishi ham bunga yaqqol misol bo‘ladi.

Davlat rahbarining kino sohasidagi islohotlari samarasi o‘laroq Yangi O‘zbekiston davrida xalqaro festivallarda o‘zbek pavilyonlarining ishtirokini kuzatyapmiz. Bunday nufuzli kinofestivalda o‘zbek pavilyoni ochilishi bizni g‘ururlantiradi. Bu bizga kino sanʼatimizni rivojlantirishga, sanoatimizni dunyoga olib chiqishga yordam beradi", — deya o‘z fikrini bildirdi Kinematografiya agentligi direktori.

Taniqli fransiyalik mashhur aktyor, o‘zbek tomoshabinlariga “Taksi” filmidagi roli bilan tanish bo‘lgan Daniyel — Sami Naseri Kann kinofestivalida tashkil etilgan oʻzbek pavilyonida mehmon boʻldi. Aktyor 2023-yil oʻtkazilgan XV Toshkent Xalqaro kinofestivalining yulduzli mehmonlaridan biri boʻlgan.

Bundan tashqari, Milliy kinematografiyani rivojlantish markazi direktori Furqat Usmonov Fransiya Milliy kino va animatsiya markazi (СNС) bilan hamkorlik bitimini imzoladi.

Ta’kidlanishicha, hamkorlik bitimi ikki davlat o‘rtasida ko-produksiya loyihalarini ishlab chiqish, fransuz va o‘zbek kinoijodkorlarining muntazam uchrashuvlarini tashkil qilish, madaniy almashinuv, taʼlim sohasi hamda hamkorlikda kino sanoatini rivojlantirish kabi masalalarni qamrab oladi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ