Toshkentdagi chiptalarini onlayn xarid qilish mumkin boʻlgan 7 ta kinoteatr

E’lon qilingan sana· 741
Toshkentdagi chiptalarini onlayn xarid qilish mumkin boʻlgan 7 ta kinoteatr

24-may kuni Afisha.uz o‘z tizimiga yana to‘rtta kinoteatrga chipta sotib olish imkoniyatini qoʻshdi. Endi veb-sayt orqali poytaxtdagi yettita kinoteatrga chipta sotib olish mumkin: “Compass Cinema”, “Next Cinema”, “Parus Cinema”, “Riviera Cinema”, “Salom Cinema”, “Sergeli Cinema” va “Yulduz Cinema”. Ular mos ravishda Bektemir, Yakkasaroy, Chilonzor, Olmazor, Mirzo Ulug‘bek, Sergeli va Mirobod tumanlarida joylashgan.

Chipta sotib olish uchun siz “Kino” boʻlimiga oʻtishingiz kerak, oʻzingizga yoqqan filmni tanlab, kerakli zalni belgilagan holda yashil bilan koʻrsatilgan namoyish vaqti tugmasini bosing. Shundan soʻng zalning xaritasi koʻrsatilgan oyna ochiladi.

Bu yerda chipta narxi ham koʻrinadi. Joylarni tanlagandan soʻng, siz toʻlovga oʻtish mumkin, unda siz xarid va qayta aloqa uchun telefon raqami va elektron pochta ma’lumotlarini kiritishingiz kerak boʻladi.

Undan keyin ochiladigan oyna tanlovingiz toʻgʻri ekanini tekshirishga yordam beradi.

Keyinchalik, “Toʻlash” tugmasini bosishingiz, operatorni tanlashingiz kerak — Click yoki Payme orqali toʻlovni amalga oshirish mumkin.



Chipta xarid qilish bir daqiqadan kamroq vaqtni oladi. Toʻlov qilib boʻlingandan soʻng kinozalga kirishda koʻrsatiladigan QR kodli sahifa ochiladi. Shu tarzda siz oʻzingizni kinoteatr kassasida navbatda turishdan saqlashingiz va toʻgʻridan-toʻgʻri seansga borishingiz mumkin.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ