Foto: "Uyda yolgʻiz" filmi suratga olingan uy sotuvga qoʻyildi

E’lon qilingan sana· 1 100
Foto: "Uyda yolgʻiz" filmi suratga olingan uy sotuvga qoʻyildi

AQSHda suratga olingan “Uyda yolgʻiz” filmidagi Kevin va uning oilasi yashagan uy sotuvga qo‘yildi. Bu haqdagi e’lon “Zillow” nomli ko‘chmas mulk savdosi saytiga joylangan, deya xabar bermoqda “Lenta”.

Mazkur uy Chikago shimolidagi Unnetka hududida joylashgan. Uning umumiy maydoni 848 kvadrat metr, shiftlar balandligi 3,2 metrni tashkil qiladi.

Ko‘chmas mulk ikkita mehmonxona, beshta yotoqxona va oltita hammomdan iborat. Uyning interyeri filmdagi xonadondan ancha yiroq, chunki uning egalari 2018-yilda uyni to‘liq zamonaviy ta’mirdan chiqargan.

Yerto‘la ham rekonstruksiya qilinib, unda sport zali, turli o‘yinlar uchun dam olish xonasi hamda kichik kinozal o‘rin olgan.

Uyning egalari mashhur film shukuhi saqlanib qolishi uchun undagi oshxona, mehmonxona va birinchi qavatdagi dam olish xonasi rejasini o‘zgartirmagan.

1921-yilda qurilgan mazkur xonadon 5,25 million dollarga baholangan. Shu vaqtgacha uy to‘rt marta sotilgan.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ