Hafta kinopremyeralari: 30-may

E’lon qilingan sana· 187
Hafta kinopremyeralari: 30-may

Oʻzbekiston kinoteatrlarida 30-may kunidan boshlab, “Мёртвые не причиняют боли” vesterni, “Пушистый вояж” multfilmi va kinoprokatdagi boshqa yangi filmlar namoyishi boshlandi.


“Мёртвые не причиняют боли”

1860-yillar. Goʻzal Vivian va uning turmush oʻrtogʻi Xolgerning porloq kelajak haqidagi orzulari urush sababli yoʻqqa chiqdi. Urush ularni ajratib yubordi va har birini oʻzi uchun xavfli boʻlgan dunyolarga tashladi. Ushbu qiyin paytlarda, qasos va kechirim orqali ular oʻz sevgisini saqlab qolishga harakat qiladi.

Seanslar jadvali.


“Незнакомцы: Начало”

Maya va Rayan oʻzlarining besh yillik yubileyini, bu ularning hayotidagi soʻnggi bayram boʻlishi mumkinligini anglamagan holda, nishonlashga qaror qildi. Ular oʻz mashinasida mamlakat boʻylab sayohat qilib, kichik shaharchada majburan toʻxtadi, bu yerda mahalliy aholi, hatto bolalar ham ularni katta qiziqish bilan kutib oldi. Oila bu gʻalati joyda qolishni xohlamaydi, lekin tez orada qoʻgʻirchoq niqobli odamlar bostirib kiradigan uyda tunashga majbur boʻladi.

Seanslar jadvali.


“Пушистый вояж”

Ikki uy hayvoni, Pedro va Greysi koʻchish paytida egalarini yoʻqotadi. Qoʻrqinchli va noma’lum dunyoga tushib qolgan hayvonlar oʻz oilalari bilan birlashishga harakat qiladi. Yoʻlda ularni koʻplab sarguzashtlar va xavf-xatarlar kutmoqda. Bu xatarlarni yengib oʻtish uchun hamjihatlikda harakat qilishga toʻgʻri keladi. Ular oʻz kelishmovchiliklarini hal qilib, uylariga qaytishlari mumkin.

Seanslar jadvali.


“Суперпташки. Улётная миссия”

Qushcha Jonni va uning doʻstlari ajoyib kuchga ega. Bir kuni ular yashirin missiyani bajarishga yoʻl oladi, bu vaqtda ular oʻz shaharlarini yovuz Otto fon Valrusning makkor rejalaridan qutqarishi kerak.

Seanslar jadvali.


“Винни-Пух: Кровь и мёд 2”

Vinni Puh va Puchuqvoy endi Yuzakr oʻrmonida ov qilishni davom ettira olmaydi. Ularning borligini dunyoga oshkor qilgan Kristofer Robinning navbatdagi xiyonati nafaqat uyiga, balki hayotiga ham tahdid soladi. Ammo hayvonlar endi soyada yashirinishni xohlamaydi va doʻstlari Ukkivoy hamda Yoʻlbarsvoy bilan birga shaharga oʻzlarining qonli tartiblarini oʻrnatish uchun yoʻl oladi.

Seanslar jadvali.


“Заклятье. Мертвые воды”

Qadimgi afsonaga koʻra, la’natlangan koʻldagi suv dunyolarni bir-biridan ajratib turadi. Boshqa dunyodan kelgan bir jin dunyolar orasidagi chegarani buzish uchun yosh qizning singlisiga egalik qilishni xohlaydi. Agar bu sodir boʻlsa, uning ruhi abadiy oʻliklar olamida qoladi.

Seanslar jadvali.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ