Netflix "Minecraft" o‘yiniga asosida ishlangan animatsion serialni e’lon qildi

E’lon qilingan sana· 414
Netflix "Minecraft" o‘yiniga asosida ishlangan animatsion serialni e’lon qildi

Bu "Minecraft" dunyosini yangicha koʻrinishda koʻrsatadigan yangi qahramonlar bilan original hikoya boʻladi.

Netflix mashhur “Minecraft” video o‘yini asosida ishlangan animatsion serialni e’lon qildi. Striming kompaniyasi loyihani o‘yin egasi hisoblangan Shvetsiyaning “Mojang Studios” kompaniyasi bilan birgalikda ishlab chiqaradi.

Bu “Minecraft” dunyosini yangicha olamda koʻrsatadigan yangi qahramonlar bilan original hikoya boʻladi. Loyiha Sonic Prime’da ishlagan “WildBrain Studios” tomonidan animatsiya qilinadi.

Premyera sanasi hozircha nomaʼlum, ammo Jek Blek va Jeyson Mamoa ishtirokidagi toʻliq metrajli “Minecraft” filmi 2025-yilda suratga olinadi.

“Mojang Studio” Minecraft’ni 2011-yilda chiqargan. Oʻzining pikselli uslubida oʻyin foydalanuvchilarga rangli bloklardan 3D olamlarni yaratishga imkon beradi. Ushbu video oʻyinning oylik foydalanuvchilari 140 milliondan ortiq.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ