"Venom 3" filmining treyleri e'lon qilindi

E’lon qilingan sana· 899
"Venom 3" filmining treyleri e'lon qilindi

Sony Pictures kompaniyasi Venom trilogiyasining yakuniy qismi uchun treylerni e’lon qildi. “Venom: The Last Dance” (“Venom: Soʻnggi raqs”) filmi 25-oktabr kuni katta ekranlarda namoyish etila boshlaydi.

Syujet jurnalist Eddi Brok (Tom Hardi) va uning o‘zga sayyoralik alter egosi Venom o‘rtasidagi munosabatlarning yangi bosqichi haqida hikoya qiladi. Filmda Juno Templ va Chivetel Ejiofor ham rol ijro etgan. Kinokartina rejissyori Kelli Marsel hisoblanadi. Shuningdek, bosh rol ijrochisi Tom Hardi ham ssenariy mualliflari qatoriga kiradi.

“Venom” ilk bor 2018-yilda katta ekranlarga chiqqan. Filmning ikkinchi qismi esa 2021-yilda premyera qilingan. Kinokartinaning ikkala qismi ham global prokatda 1,3 milliard dollar yiqqan.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ