2024-yil iyun oyida uyda qanday filmlar koʻrish mumkin?

E’lon qilingan sana· 276
2024-yil iyun oyida uyda qanday filmlar koʻrish mumkin?

“Yigitlar”, “Ajdar uyi” va “Ayiq” seriallarining yangi fasllari, “Bridjerton” serialining uchinchi, soʻnggi mavsumi, Selin Dion va Karl Lagerfeld haqidagi bayopiklar, shuningdek, “Yulduzlar jangi” olamiga kiruvchi yangi film — iyun har qachongidan ham issiqroq kelmoqda. Bu yozning ilk oyidagi qiziqarli loyihalarning faqat bir qismi xolos!

Bundan tashqari, 25-iyun kuni “Фуриоса: Хроники Безумного Макса” filmining raqamli versiyasi chiqariladi. Agar uni kinoteatrda tomosha qilishga ulgurmagan boʻlsangiz, bu yaxshi imkoniyat hisoblanadi.


Filmlar

“Снять проклятие”

Reverse the Curse
Janr: drama, melodrama, komediya.
Premyera sanasi: 14-iyun.

Devid Duxovni oʻzi yozgan “Baki Dent” kitobi asosida ushbu filmni suratga oldi va bosh rollardan birini ham ijro etdi. Aktyorlar qatoriga Logan Marshall Grin (“Апгрейд”) va Stefani Bitriz (“Бруклин 99”) ham bor. Film katta ekranlarga 14-iyun kuni chiqishiga qaramay, u bevosita raqamli formatda ham premyera qilinadi.

Sinopsis: Hayotdan maqsad qolmagan 30 yoshli yigit saraton kasalligidan vafot etayotgan otasining yoniga koʻchib oʻtadi. Uni qoʻllab-quvvatlash uchun oʻgʻli otasining sevimli beysbol jamoasi “Red Soks” gʻalabasini soxtalashtirishga qaror qiladi.

“Я — Селин Дион”

I Am: Celine Dion
Janr: hujjatli, biografiya, musiqiy.
Premyera sanasi: 25-iyun kuni Prime Video platformasida.

Agar siz “my heart will go on” qoʻshigʻini ijro etgan buyuk xonandaning muxlisi boʻlsangiz, unda siz ushbu filmni koʻrishingiz shart. Selin Dion haqidagi hujjatli filmda uning noyob nevrologik kasallik bilan qanday kurashgani va uning natijalari haqida hikoya qilinadi.

“Семейное дело”

A Family Affair
Janr: melodrama, komediya.
Premyera sanasi: 28-iyun kuni Netflix platformasida.

Ann Xeteuey va Nikolas Galitsin ishtirokidagi “Мысль о тебе” filmi siz uchun etarli boʻlmadimi? Unda yana bir melodramani tomosha qilishingiz mumkin. Faqat bu safar Nikol Kidman ijrosidagi yolgʻiz ona bilan uchrashishni boshlagan Zak Efron bilan. Film rejissyori Richard Lagraveneze boʻlib, u “Король-рыбак” va “Внезапное пробуждение” filmlari ssenariysi ustida ishlagan.

Sinopsis: Zara kino yulduzi Kris Koulning yordamchisi boʻlib ishlaydi. Mashhur xotinboz va nartsist aktyor Zarani butunlay charchatib yuborgach, qiz boʻshashga qaror qiladi. Biroq qiz kino yulduzi bilan munosabatlarni toʻxtatishga urinishi behuda ekanini anglaydi, chunki yigit qizning beva qolgan onasi bilan uchrashishni boshlagandi.

Seriallar

“Звездные войны: Аколит”

The Acolyte
Janr: fantastika, jangari, drama, detektiv, fentezi.
Premyera sanasi: 4-iyun kuni Disney+ platformasida.

Lazer qilichlar franshizasi tirik va yashashda davom etmoqda. Olis galaktika yana muammoga duch keladi. Akolit voqealari “Yulduzlar jangi. I epizod: Fantom tahdid” filmidagi hodisalardan taxminan 100 yil oldin boʻlib oʻtadi. Asosiy rollarni Amandla Stenberg (“Голодные игры”), Li Jonjae (“Игра в кальмара”), Dafne Kin, Kerri-Ann Moss (“Матрица”) va boshqalar ijro etadi.

Sinopsis: Qiz (sobiq Padavan) va uning jeday-ustozi bir qator jinoyatlarni tergov qilishni boshlaydi va oʻzlari tasavvur qilganidan ham dahshatliroq kuchlarga qarshi keladi.

“Призраки”

Fantasmas
Janr: komediya, fentezi.
Premyera sanasi: 7-iyun kuni HBO МАХ platformasida.

Qisqa qilib aytganda — robotlar va Stiv Bushemi, Emma Stoun va qoʻgʻirchoqlar. Hayotning ma’nosi va insoniy munosabatlar haqida soʻzlovchi dahshatli, kulgili va qiziqarli loyiha. Bu, shuningdek, salvadorlik komik va ssenarist Xulio Torresning rejissyorlik debyuti bo‘lib, u ham bosh rolni ijro etgan.

Sinopsis: Xulio Torres Nyu-York boʻylab oltin ustritsa-sirgʻani qidiradi va yoʻlda odamlar hamda gʻalati qahramonlar bilan uchrashadi.

“Стать Карлом Лагерфельдом” (mini-serial)

Becoming Karl Lagerfeld
Janr: biografiya, drama.
Premyera sanasi: 7-iyun kuni Hulu platformasida.

Karl Lagerfeldning oʻlimidan besh yil oʻtib, juda zamonaviy biografik film suratga olindi. Mini-serial oltita qismda tomoshabinlarga Karl hayotidagi eng muhim davr haqida soʻzlab berishga harakat qiladi.

Sinopsis: 1972-yil. 38 yoshli Karl Lagerfeld dunyodagi eng mashhur modelyer boʻlishga qaror qiladi va Iv Sen Loranga qarshi chiqadi.

“Презумпция невиновности”

Presumed Innocent
Janr: drama, jinoiy, detektiv.
Premyera sanasi: 12-iyun kuni Apple TV+ platformasida.

Bu Skott Turou romanining yangi ekranizatsiyasi hisoblanadi. Avvalgi film Xarrison Ford ishtirokida suratga olingan. Yangi serialda esa asosiy rolni Jeyk Jillenxol ijro etgan.

Sinopsis: Rasti Sabich Chikagoda tuman prokurori boʻlib ishlaydi. U xotini boʻlishiga qaramay, hamkasbi Karolin Polxem bilan ishqiy munosabatlar boshlaydi. Prokuraturaga Kerolinga qilingan dahshatli qotillik ishi kelib tushgach, uning hayoti tubdan oʻzgarib ketadi. U jabrlanuvchi bilan munosabatlarini nikohini saqlab qolish uchun sir saqlashga urinadi va vaziyatni yanada yomonlashtiradi. Tez orada esa qotillikda asosiy gumondorga aylanadi.

<aWZyYW1lIHNyYz0iaHR0cHM6Ly93d3cueW91dHViZS5jb20vZW1iZWQvRWUtZUVfbUlYUm8/c3RhcnQ9MCZhbXA7Y29udHJvbHM9MSIgd2lkdGg9IjU2MCIgaGVpZ2h0PSIzMTUiIGZyYW1lYm9yZGVyPSIwIiBhbGxvd2Z1bGxzY3JlZW49IiIgZGF0YS15b3V0dWJlLXZpZGVvPSJ2aWRlbyI==>

“Моя леди Джейн”

My Lady Jane
Janr: komediya, tarixiy.
Premyera sanasi: 27-iyun kuni Prime Video platformasida.

“Bridjertonlar” yagona emas. Prime Video Angliyaning aristokrat jamiyati haqidagi fantastik hikoyalarning oʻziga xos versiyasini chiqaradi. Faqat bu serial bezorilik, odobsizlik va qora hazillarga boy boʻladi, bu esa qiziqishni yanada oshiradi.

Sinopsis: Jeyn Grey — XVI asr oʻrtalarida taxtga oʻtirish imkoniyati past boʻlgan Angliyaning malikasi. Real hayotdagi Grey 17 yoshida boshi tanasidan judo qilingan, ammo serialda u qatldan qochishga muvaffaq boʻladi.

Продолжения сериалов:

“Kingstaun meri”, 3-mavsum, 2-iyundan Paramount+ platformasida;

“Sweet Tooth: мальчик с оленьими рогами”, 3-mavsum (final), 6-iyundan boshlab Netflix platformasida;

“Bridjertonlar”, 3-mavsumning ikkinchi qismi, 13-iyundan Netflix platformasida;

“Yigitlar”, 4-mavsum, 13-iyundan Prime Video platformasida;

“Ajdar uyi”, 2-mavsum, 16-iyundan HBO МАХ platformasida;

“Ayiq”, 3-mavsum, 27-iyundan FX platformasida.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ