Kiberjinoyatchilik haqidagi "Tanlov" filmi premyera qilinadi

E’lon qilingan sana· 248
Kiberjinoyatchilik haqidagi "Tanlov" filmi premyera qilinadi

29-iyun kuni Oʻzbekiston Milliy kino san’ati saroyida rejissor Abbos Abdullayevning kriminal, drama janridagi “Tanlov” badiiy filmi premyera qilinadi. Bu haqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Kinokartinada hozirgi kunda ommalashayotgan turli xildagi kiberjinoyatchilar tuzogʻiga tushib qolish holatlari haqida xikoya qilinadi.

Bundan tashqari, filmda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar Bekzod Muhammadkarimov va Ra’no Zokirova shu bilan birga, Sitora Alimjanova, Mirolim Qilichev, Rayhon Asadova, Abbos Abdullayev, Abror Yuldashev, Davron Kalbayev, Laylo Sharipova va Merdan Matveliyev kabi mahoratli aktyorlar rol ijro qilgan.