Xarli Kvindan Barbigacha: Margo Robbining ijrosidagi eng mashhur rollar

E’lon qilingan sana· 938
Xarli Kvindan Barbigacha: Margo Robbining ijrosidagi eng mashhur rollar

Bugun, 2-iyul kuni Gollivudning eng mashhur, goʻzal va betakror aktrisalaridan biri Margo Robbining tugʻilgan kuni. Avstraliyalik aktrisa oʻz faoliyati davomida bir qator rollarni ijro etgan. Ular orasida real hayotda yashab oʻtgan qahramonlardan tortib, qoʻgʻirchoqqacha bor.

Afisha.uz ushbu jamlanmada Margo Robbi oʻz goʻzalligi va mahorati bilan barchani lol qoldirgan rollarni bir yerga toʻpladi.

Naomi (“Uoll strit boʻrisi”)

Margo Robbi 2013-yilda premyera qilingan Martin Skorsezening “Uoll strit boʻrisi” filmidan keyin katta mashhurlikka erishgan. U filmda Leonardi di Kaprio, Metyu Makkonaxi kabi mashhur aktyorlar bilan birga rol ijro etgan.

Filmda Margo Naomi Lapalya obrazini jonlantirgan. Syujetga koʻra, u Leonardi di Kaprio ijrosidagi bosh qahramon Jordan Belfortning ikkinchi xotini hisoblanadi.

Filmni koʻrish.

Xarli Kvin (“Yirtqich qushlar”)

Margo Robbi komikslar olamida mashhur hisoblangan Xarli Kvin obrazini ham takrorlanmas tarzda ijro etgan. U Xarli Kvin obrazida bir qator filmlarda koʻrinish bergan. “Отряд самоубийц” (2016), “Хищные птицы: Потрясающая история Харли Квинн” (2020), “Отряд самоубийц 2” (2021) shular jumlasidan.

Filmlarni tomosha qilish:

Sharon Teyt (“Bir paytlar Gollivudda”)

Margo Robbi afsonaviy rejissyorlardan biri Kventin Tarantino bilan ham birga ishlagan. U rejissyorning 2019-yilda ishlangan, hozircha soʻnggisi boʻlib turgan “Bir paytlar Golivudda” filmida AQShda 1960-yillarda juda katta mashhurlikka erishgan aktrisa va model Sharon Teyt obrazini gavdalantiradi.

Umuman olganda filmda 1960-yillardagi Gollivud tasvirlanadi. Aktrisa ushbu filmda ham Bred Pitt, Di Kaprio, Al Pachino, Ostin Batlerlar bilan birga rol ijro etadi. Ammo bu safar unga mahoratli va tajribali aktrisa sifatida qaraladi.

Filmni koʻrish.

Barbi (“Barbi”)

Umuman olganda Margo Robbining ijodiga nazar solsak, uning koʻzga koʻringan rollarda bu hayotda yashab oʻtgan insonlar jonlantirilganini sezish mumkin. Ammo oʻtgan 2023-yilning eng koʻp muhokama qilingan filmlaridan biri “Barbi"da aktrisa Barbi qoʻgʻirchogʻi rolini ijro etdi.

Ushbu filmda mashhur aktyor Rayan Gosling Ken rolida koʻrinish beradi. Kinokartinada Barbi goʻzallik standartlariga javob bermagani uchun Barbilenddan haydaladi.

Filmni koʻrish.

Nelli Leroy (“Vavilon”)

Kino tarixiga bagʻishlangan filmlardan yana biri boʻlgan Damien Shazelning “Vavilon” kinokartinasida ovozsiz kinolar vaqtidagi aktyorlar haqida soʻz boradi.

Unda Margo Robbi oʻziga notanish boʻlgan olamda kutilmagan mashhurlikka erishadigan va ovozsiz kinodan ovozli kinoga oʻtish jarayonini boshidan oʻtkazayotgan aktrisa rolini ijro etadi. Bu Bredd Pitt bilan ijro etilgan yana bir betakror rol hisoblanadi.

Filmni koʻrish.

Jess Barrett (“Fokus”)

Di Kaprio, Bredd Pitt, Jared Leto, Rayan Goslingdan soʻng navbat Uill Smitga ham yetib keldi. 2015-yilda premyera qilingan ustasi-farang firibgarlar haqidagi “Fokus” filmida betakror Margo Robbi Uill Smit bilan birga rol ijro etgan.

Film firibgarlik bilan pul ishlashda ilk qadamlarini tashlayotgan qizni sevib qolgan tajribali firibgar haqida hikoya qiladi. Ishqiy munosabatlar ularning ishlariga xalaqit bera boshlanganda ular uchun muammoni ajrashish yoʻli bilan hal qiladi.

Filmni koʻrish.

Tonya Xarding (“Tonya barchaga qarshi”)

Margo Robbi ijrosidagi real voqealarga asoslangan yana bir biografik film. Aktrisa unda amerikalik figurali uchish boʻyicha AQSh chempioni Tonya Xarding rolini ijro etadi.

Tonyaning figurali uchish boʻyicha karyerasi sport olamidagi eng mashhur ziddiyatlardan biri boʻlgan voqea tufayli yakunlanadi. Unga koʻra, Xardingning asosiy raqibiga hujum uyushtiriladi va unda Tonya ham ishtirok etadi. “Tonya barchaga qarshi” filmining asosini ham aynan ushbu voqea tashkil etadi.

Filmni koʻrish.

Azimbek Xushmamatov
Muallif
Azimbek Xushmamatov