Ertadan “Yaxshi boʻlish osonmi 4” multfilmi o‘zbek tilida ham premyera qilinadi

E’lon qilingan sana· 3 297
Ertadan “Yaxshi boʻlish osonmi 4” multfilmi o‘zbek tilida ham premyera qilinadi

4-iyul kuni O‘zbekiston kinoteatrlarida “Yaxshi boʻlish osonmi 4” multfilmining premyerasi boʻlib oʻtadi. Film O‘zbekiston kinoteatrlarida bir vaqtda o‘zbek, rus va ingliz tilidagi dublyajda namoyish etiladi.

Multfilm sinopsisi: “Gryu, Lyusi va ularning qizlari — Margo, Edit va Agnes otasini qiynoqqa solmoqchi boʻlgan oilaning yangi a’zosi kichik Gryuni kutib olishadi. Gryu yangi dushman Maksim Le Mal va uning sevgilisi Valentinaga qarshi chiqadi va shu sababdan oila qochishga majbur boʻladi”.

Avvalroq multfilmning oʻzbek tilidagi treyleri e’lon qilingandi.

Гадкий я 4

Гадкий я 4
Original nomi
Despicable Me 4
Janr
multfilm, komediya, oilaviy, fantastika, sarguzashtlar
Vaqt
95 daqiqa / 1 s. 35 daqiqa
Premyera
4-iyul 2024 (O‘zbekiston) / 15-iyun 2024 (Jahon)
Reyting
IMDB 6.2Kinopoisk 6.5
Yosh
  • PG
Rejissyor
Kris Reno