Bahodir Jalolov haqidagi "Yengilmas" filmining treyleri e'lon qilindi

E’lon qilingan sana· 2 025
Bahodir Jalolov haqidagi "Yengilmas" filmining treyleri e'lon qilindi

Taniqli aktyor Ulugʻbek Qodirov ijrosidagi “Yengilmas” filmining treyleri eʼlon qilindi. Filmda mashhur bokschi, Olimpiada chempioni Bahodir Jalolovning hayoti va faoliyati haqida hikoya qilinadi.

Avvalroq ushbu filmda suratga tushish uchun bir guruh xorijlik aktyorlar O‘zbekistonga kelgandi. Xususan, yaponiyalik Masaya Kato, shveysariyalik Filip Reynhard, amerikalik Richard Li, yaponiyalik Osamu Yamamoto, rossiyalik Mariya Shamshina kabi mashhur kinoyulduzlar ushbu filmda koʻrinish beradi.

“Yengilmas: Tokioga yoʻl” nomli badiiy film Kinematografiya agentligi buyurtmasi bilan “Conglomerate Studio” studiyasi tomonidan yaratilmoqda. Filmning ilk katta premyerasi sentyabr oyiga rejalashtirilgan.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ