"Unsin" qisqa-metrajli filmi premyera qilindi

E’lon qilingan sana· 2 268
"Unsin" qisqa-metrajli filmi premyera qilindi

“Mutolaa” loyihasining “Kitob-kino” ruknida Abdulla Qahhorning “Dahshat” hikoyasi asosida “Unsin” qisqa-metrajli filmi rejissyor Shohrux Norqulov tomonidan suratga olindi.

Qayd etilishicha, film o‘zbek xotin-qizlarining erk va iroda kuchini namoyish etadi. Film ssenariy muallifi Javlon Jovliyev hisoblanadi. Filmda rollarni Boyir Xolmirzayev, Lola Eltoyeva, Xumora Rahmonqulova, Xurshida Arabshoyeva, Zamira Beshimova va Nodirbek Azamovlar ijro etgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling