Turkiy tilli mamlakatlar uchun yagona kino va media platformasi yaratiladi

E’lon qilingan sana· 1 081
Turkiy tilli mamlakatlar uchun yagona kino va media platformasi yaratiladi

Xalqaro TURKSOY forumi doirasida turkiy tilli mamlakatlar uchun yagona kino va media platforma yaratish to‘g‘risidagi rezolyutsiya qabul qilindi. Bu haqda Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, TURKSOY forumi doirasida “Madaniy merosni saqlashda kinoning o‘rni” mavzusida anjuman bo‘lib o‘tgan. Unda bir qator madaniy loyihalarning taqdimoti qilingan.

Jumladan, Islom sivilizatsiyasi markazi multimedia bloki uchun tayyorlangan “Arab tili evolyutsiyasi”, “Masjid”, “Sehrli ko‘za”, “Baqtriya tarixi”, “Klavixo”, “Xudoybergan Devonov va nemis mennonitlari” “Muxtor Avezov” videoroliklar turkumi loyihalari, shuningdek “O‘zbekiston madaniy merosi” turkumiga oid hujjatli filmlar taqdimotlari o‘tkazilgan.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ