81-Venetsiya kinofestivali laureatlari e’lon qilindi

E’lon qilingan sana· 226
81-Venetsiya kinofestivali laureatlari e’lon qilindi

28-avgustdan 7-sentabrgacha Lido orolida joylashgan Venetsiya shahrida 81-Xalqaro Venetsiya kinofestivali bo‘lib o‘tdi. Festival raisi fransuz aktrisasi Izabel Yupper boʻlib, ochilish marosimida Tim Byortonning “Bitljus Bitljus” filmi namoyish etildi.

Umuman olganda, Yupperdan tashqari hakamlar hay’atidan Jeyms Grey, amerikalik rejissyor; Endryu Xey, britaniyalik rejissyor; Agneshka Holland, polshalik rejissyor; Kleber Mendonsa Filo, braziliyalik rejissyor va prodyuser; Abdurahmon Sissako, mavritaniyalik rejissyor; Juzeppe Tornatore, italiyalik rejissyor; Yuliya fon Xayns, nemis rejissyori; Chjan Szi, xitoylik aktrisa oʻrin olgan.

Quyida barcha dasturlar boʻyicha laureatlar keltirilgan.

Asosiy dastur:

  • Oltin she’r — “Комната по соседству”, rejissyor Pedro Almodavor;
  • Katta jyuri sovrini — “Горная невеста”, rejissyor Maura Delpero;
  • Rejissyorlik uchun kumush she’r — “Бруталист”, rejissyor Bredi Korbet;
  • Jyurilarning maxsus sovrini — “Апрель”, rejissyor Dea Kulumbegashvili;
  • Eng yaxshi erkak roli uchun Volpi Kubogi — Vensan Lindon — “Тихий сын”;
  • Eng yaxshi ayol roli uchun Volpi Kubogi — Nikol Kidman — “Плохая девочка”;
  • Eng yaxshi ssenariy uchun sovrin — Sher — Murilo Xauzer va Eytor Lorego — “Я все еще здесь”;
  • Marchello Mastroyanni sovrini — Pol Kirsher — “И дети после них”.

“Ufqlar” dasturi:

  • Eng yaxshi film uchun sovrin — “Новый год, который так и не наступил”, rejissyor Bogdan Muresanu (Ruminiya, Serbiya);
  • Rejissyorlik uchun sovrin — “Знакомое прикосновение”, rejissyor Sara Fridland (AQSh);
  • Hakamlarning maxsus sovrini — “Один из тех дней, когда Хемме умрет”, rejissyor Murat Firatoglu (Turkiya);
  • Eng yaxshi aktyor sovrini — Frachesko Gegi “Семья” filmi uchun, rejissyor Franchesko Kostabile (Italiya);
  • Eng yaxshi aktrisa sovrini — Ketlin Chelfant “Знакомое прикосновение” filmi uchun, rejissyor Sara Fridland (AQSh);
  • Eng yaxshi ssenariy sovrini — “Счастливых праздников”, rejissyor Skandar Kopti (Germaniya, Italiya, Qatar).

Eng yaxshi debyut film mukofoti:

  • Luidji de Laurentis sovrini — “Kelajak sheri” — “Знакомое прикосновение”, rejissyor Sara Fridland (AQSh).

“Tanqid haftaligi” dasturi:

  • Bosh sovrin — “Не плачь, бабочка”, rejissyor Duong Diu Lin (Vetnam, Singapur, Filippin, Indoneziya).

Kinoga qoʻshgan hissasi uchun mukofotlar:

  • Kinematografiyaga qo‘shgan hissasi uchun faxriy Oltin sher — avstriyalik rejissyor Piter Uir va amerikalik aktrisa Sigurni Uiver.

Mustaqil mukofotlar:

  • FIPRESSI mukofoti — “Brutalist”, rejissyor Bredi Korbet
  • Interfilm mustaqil hakamlar hay’atining “Dinlararo muloqotni rivojlantirish” mukofoti — “Тихая жизнь”, rejissyor Aleksandros Avranas (Fransiya, Germaniya, Shvetsiya, Gretsiya, Estoniya, Finlyandiya)

Venetsiya xalqaro kinofestivali 1932-yilda Italiya diktatori Benito Mussolini tashabbusi bilan tashkil etilgan dunyodagi eng qadimgi xalqaro kinofestival boʻlib, 1934-yildan beri har yili yilning ikkinchi yarmida Lido orolida (1943−1945 va 1973−1978 yillar bundan mustasno) oʻtkaziladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling