Oʻzbekiston kinoteatrlaridagi premyeralar (26-sentyabr)

E’lon qilingan sana· 164
Oʻzbekiston kinoteatrlaridagi premyeralar (26-sentyabr)

Oʻzbekiston kinoteatrlarida 26-sentyabrdan boshlab “Граф Монте-Кристо” trilleri, “Последний день Земли” ilmiy-fantastik filmi, “Команда монстров” multfilmi va boshqa yangi kinokartinalar namoyishi boshlandi.


“Граф Монте-Кристо”

Makkorona fitnaning qurboni bo‘lgan yosh Edmon Dantes to‘yi kuni oʻzi sodir etmagan jinoyati uchun qamoqqa olinadi. U If qal’asi qamoqxonasidagi 14 yildan soʻng nihoyat qochishga muvaffaq bo‘ladi. Edmon do‘sti abbat Faria qamoqxonada unga aytib bergan sirli oroldagi xazinani topadi va Monte Kristoga aylanadi. Endi uning birdan bir maqsadi — qasos olish.

Chiptalarni sotib olish.


“Последний день Земли”

Parusda sayr qilayotgan oila misli ko‘rilmagan halokatga guvoh bo‘ladi, okean quirb, minglab kilometr yer qurib qoladi. Qolganlar tiriklik uchun dengiz tubida yashovchi yirtqich hayvonlar va oʻzaro kurashishga majbur bo‘ladi. Ammo tez orada okean qaytadi va bu insoniyat tarixidagi so‘nggi to‘lqin bo‘ladi.

Chiptalarni sotib olish.


“Команда монстров”

Mehribon arvoh Elli gʻalati yirtqich hayvonlar dunyosida yashaydi. Unda trollar, mumiyalar, boʻrilar va hatto vampirlar bor! U kundan-kunga “arvoh ilmi” — odamlarni qanday qoʻrqitish haqidagi fanni oʻrganadi, lekin bu ish umuman yoqmaydi. Bir kuni Elli va uning yirtqich hayvonlar jamoasi odamlar shahriga — sarguzasht va xavfga toʻla sayohatga borishi kerak boʻladi.

Chiptalarni sotib olish.


“Маме снова 17”

Kutilmagan homiladorlikdan xalos boʻlishga qaror qilgan oʻn yetti yoshli Olga 2005-yildan 2024-yilga kelib qoladi va oʻttiz olti yoshli yolgʻiz ona tanasida uygʻonadi. Goʻyo maktab direktori Olga Vasilyevna Glagolina soʻnggi 19 yil ichida u bilan sodir boʻlgan hamma narsani butunlay unutgan va hozir oʻzini 2000-yillarning boshidagi oʻn yetti yoshli qiz kabi tutmoqda. Olga onasining qanoti ostiga qaytishni va oʻzining beparvo yoshligidan zavqlanishni orzu qiladi, lekin u 2024-yildan keta olmayabdi. U sobiq Olga Vasilevna Glagolina, qattiqqoʻl direktor va oʻn birinchi sinf oʻquvchisi Ivanning onasi rolini bajara olmaydi. Ivan, onasining nazoratidan chiqib, eng dahshatli orzularini amalga oshirish imkoniyatiga ega boʻladi. Ammo kimdir oila uchun mas’uliyat yukini oʻz zimmasiga olishi kerak.

Chiptalarni sotib olish.


“Полтергейст: Другое измерение”

Bir guruh doʻstlar musiqa festivaliga boradi, lekin yoʻldan adashadi va tushunarsiz g‘ayritabiiy hodisalarga duch keladi. Ular oʻzlarini birin-ketin oʻldirayotgan parallel olamdan chiqish eshigini topishi kerak.

Chiptalarni sotib olish.


“Подземная бездна”

Laura metrodagi baxtsiz hodisaning guvohi bo‘ladi. Shundan so‘ng u dahshatli tushlar ko‘rishni boshlaydi. Hamkasblarining aytishicha, bu stansiyaning tarixi ayanchli, bu yerda ko‘plab odamlar halok bo‘lgan. Laura arvohlarga va narigi dunyo haqidagi afsonalarga ishonmaganligi sababli, tanish detektiv yordamida aslida nima sodir bo‘layotganini aniqlashga qaror qiladi. Ammo yer ostidagi tubsizlik yangi qurbonlar istaydi va navbatdagi qurbon Laura bo‘lishi mumkin.

Chiptalarni sotib olish.


“Astral. Demon Stereoskopi”

Kelli otasi vafot etgan shahar tashqarisidagi uyga qaytadi. U yerda noodatiy qurilma — stereoskopni topadi. Bu qurilma dahshatli mavjudot o‘z yo‘lidan chiqqan hamma narsani yo‘q qiladigan parallel dunyoga nazar solish imkonini beradi. U stereoskop otasining dahshatli o‘limi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi haqida oʻylay boshlaydi.

Chiptalarni sotib olish.