Oʻzbekiston kinoteatrlaridagi premyeralar (10-oktyabr)

Oʻzbekiston kinoteatrlarida 10-oktyabrdan “Досье “Чёрная канарейка” jangovar filmi, “Пушистое превращение” multfilmi, “Тихое место: Азраэль” qo‘rqinchli filmi va boshqa yangi kinokartinalar namoyishi boshlandi.
“Досье “Чёрная канарейка”
Terrorchilar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan erini qutqarish uchun MRBning eng mohir operativ xodimi Eyveri Greyvs hamma narsasini garovga qo‘yishga majbur bo‘ladi: obro‘sini, o‘z ishiga sadoqatini, hattoki hayotini ham. Kutilmaganda o‘z hamkasblari orasida begonaga aylanib, oʻgʻrilar talab qilayotgan maxfiy ma’lumotni qo‘lga kiritish uchun jinoyat olamidagi aloqalarini ishga soladi. Endi Eyveri global falokatga olib kelishi mumkin bo‘lgan bebaho ma’lumotlar uchun o‘lish yoki qolish poygasida faqatgina o‘zining noyob jangovar mahoratiga tayanishi mumkin.
“Час тишины”
Shafqatsiz qotillik yuz berdi va yagona guvoh kar ayol bo‘lib chiqdi. Eshitish qobiliyatidan ayrilgan, tarjimon bo‘lib ishlaydigan detektiv jinoyat ortida guvohni yo‘q qilish uchun hamma narsaga tayyor poraxo‘r politsiyachilar turganini aniqlaydi.
“Moʻynali transformatsiya”
Egizak aka-uka Kayl va Zak fantastik dunyoda, aql bovar qilmaydigan sehrli mavjudotlar bilan yonma-yon yashaydi. Ammo sirli fantastik qahramon zandarlar paydo bo‘lishi bilan hamma narsa o‘zgaradi. O‘smirlar va ularning mo‘ynali do‘stlari sehrli dunyosini qutqarish uchun hayratlanarli mo‘jizalarga to‘la qiziqarli sarguzashtga otlanadi.
“Фантастическое путешествие”
A’lochi Mildredning hayoti ko‘p yillardan beri ko‘rmagan fokuschi otasi paydo bo‘lganida butunlay o‘zgarib ketadi. Qiz fokuslarga emas, balki tabiatga qiziqqanligi sababli, otasi unga birga sayohat qilishni taklif qiladi. Ularni g‘oyib bo‘layotgan qoplon turini izlash bo‘yicha fantastik sarguzasht kutmoqda, bu jarayonda nafaqat bir-birini yaxshiroq bilishi, balki har qanday qiyinchiliklarga bardosh bera oladigan eng yaqin do‘stlarga aylanishi kerak bo‘ladi.
“Малышарики. День рождения”
Endigina yangi uyga ko‘chib o‘tgan va ota va ona qizi Mittivoyning tug‘ilgan kuniga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ish va oila o‘rtasidagi muvozanatni saqlagan holda, ota noodatiy do‘konda qutichasiga ham qaramay sovg‘a sotib oladi. U yerda esa kichkinagina tirik o‘yinchoqlar — Mittivoylar paydo bo‘ladi. Ota-onalar bayramga tayyorgarlik ko‘rayotganda, kichkintoylar qutidan chiqib, o‘z uylarini izlashga otlanadi.
“Тихое место: Азраэль”
Oʻlik sukunat hukm suradigan dunyoda majusiylar jamoasi qadimiy yovuzlik uchun qurbon qilish maqsadida yosh ayolni ta’qib qiladi va o‘g‘irlaydi. Mo‘jizaviy ravishda ozod bo‘lgach, Azroil qasos olishga va hech narsa muqaddas bo‘lmagan kultga barham berishga qasam ichadi.
“Pandemiya”

Film voqealari O‘zbekistonda birinchi marta koronavirus aniqlangan fuqaroning Fransiyadan vataniga qaytishi bilan boshlanadi. Shuningdek, filmda mamlakatda favqulodda holat va karantin qanday e’lon qilingani, shifokorlar qay ahvolda tinimsiz ishlayotgani koʻrsatilgan.