"Panorama"da "Pandemiya" filmi namoyishlari boshlandi

10-oktyabrdan boshlab, Milliy kino san’ati saroyida (sobiq “Panorama”) “Pandemiya” filmi namoyishlari boshlandi.
Film Kinematografiya agentligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi buyurtmasiga binoan “Yagona Cinema” studiyasi tomonidan tasvirga olingan. Kartinada 2020-yili mamlakatdagi pandemiya davri qiyinchiliklari, Covid-19 virusi bilan kurashda shifokorlarimizning matonati haqida hikoya qilinadi.
Filmda bosh rolni Matyoqub Matchonov ijro etgan. Shuningdek, kartinada Tamara Mirmaqsudova, Aysanem Yusupova, Saidkomil Umarov, Farhod Abdullayev, Bahodir Musayevlar suratga tushgan. Senariy muallifi Husnillo Jomonqulov, rejissyor Abu Tolib Adamqulov, operatorlar Dilmurod Turdiboyev va Alisher Ahmedov, prodyuser Abror Nabiyev.
Afisha.uz kinokartina haqida batafsil taqrizni e’lon qiligan edi.
Chipta narxi: 40 000 soʻm.
Bogʻlanish uchun telefon raqamlari: (+998) 77−297−8888, (+998) 77−287−8888.
Seanslar jadvalini quyida keltirigan.